QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jinn surasi · Oyatсураси · Оят14

وَأَنَّا مِنَّا ٱلْمُسْلِمُونَ وَمِنَّا ٱلْقَـٰسِطُونَ ۖ فَمَنْ أَسْلَمَ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ تَحَرَّوْا۟ رَشَدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, bizdan musulmonlar (bor) va bizdan adashganlar (bor). Kimlar Islomga kirsa, bas, ular haq yo`lni tanlabdilar.Ва албатта, биздан мусулмонлар (бор) ва биздан адашганлар (бор). Кимлар Исломга кирса, бас, улар ҳақ йўлни танлабдилар.Alauddin Mansour: Albatta bizlarning oramizda musulmonlar ham bordir va (shuningdek), oramizda (yoʻldan) ozganlar ham bordir. Bas, kimki musulmon boʻlsa, demak ana oʻshalar Toʻgʻri Yoʻlni maqsad qilib olibdilar.Албатта бизларнинг орамизда мусулмонлар ҳам бордир ва (шунингдек), орамизда (йўлдан) озганлар ҳам бордир. Бас, кимки мусулмон бўлса, демак ана ўшалар Тўғри Йўлни мақсад қилиб олибдилар.

573-sahifa · 29-juz · 58-hizb573-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنَّاva albatta, bizва албатта, бизمِنَّاbizdanбизданٱلْمُسْلِمُونَmusulmonlar (bor)мусулмонлар (бор)وَمِنَّاva bizdanва бизданٱلْقَـٰسِطُونَ ۖadashganlar (bor)адашганлар (бор)فَمَنْbas, kimlarбас, кимларأَسْلَمَIslomga kirsaИсломга кирсаفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ularбас, уларتَحَرَّوْا۟tanlabdilarтанлабдиларرَشَدًۭاhaq yoʻlniҳақ йўлни
TafsirТафсир

Ushbu ikki oyatda jinlarda ham xuddi insonlar kabi musulmonlar borligi yana bir bor taʼkidlanmoqda. Musulmonlari toʻgʻri yoʻlni tanlagan jinlar. Yaʼni, koʻr-koʻrona emas, balki tanlash, izlash, oʻrganish, solishtirish oqibatida Islom shubhasiz ilohiy din boʻlib, oʻziga ergashganlarni ikki dunyo saodatiga erishtirishiga ishonch hosil qilgandan soʻng musulmon boʻlganlar. Hozirgi kunda shunday izlangan, oʻrgangan odamlar ham dunyoning turli burchaklarida guruh-guruh boʻlib Islomga kirmoqdalar.

Oyatda yoʻldan adashganlar jahannamga yoqilgʻi boʻlishliklari ham aniq, ochiq-oydin aytilmoqda.