وَأَمَّا ٱلْقَـٰسِطُونَ فَكَانُوا۟ لِجَهَنَّمَ حَطَبًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ammo, adashganlar, bas, jahannamga o`tin bo`libdilar.Ва аммо, адашганлар, бас, жаҳаннамга ўтин бўлибдилар.Alauddin Mansour: Endi (yoʻldan) ozganlarga kelsak, bas, ular jahannam uchun oʻtin boʻlgan kimsalardir».Энди (йўлдан) озганларга келсак, бас, улар жаҳаннам учун ўтин бўлган кимсалардир».
Ushbu ikki oyatda jinlarda ham xuddi insonlar kabi musulmonlar borligi yana bir bor taʼkidlanmoqda. Musulmonlari toʻgʻri yoʻlni tanlagan jinlar. Yaʼni, koʻr-koʻrona emas, balki tanlash, izlash, oʻrganish, solishtirish oqibatida Islom shubhasiz ilohiy din boʻlib, oʻziga ergashganlarni ikki dunyo saodatiga erishtirishiga ishonch hosil qilgandan soʻng musulmon boʻlganlar. Hozirgi kunda shunday izlangan, oʻrgangan odamlar ham dunyoning turli burchaklarida guruh-guruh boʻlib Islomga kirmoqdalar.
Oyatda yoʻldan adashganlar jahannamga yoqilgʻi boʻlishliklari ham aniq, ochiq-oydin aytilmoqda.