وَأَلَّوِ ٱسْتَقَـٰمُوا۟ عَلَى ٱلطَّرِيقَةِ لَأَسْقَيْنَـٰهُم مَّآءً غَدَقًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar ular to`g`ri yo`ldan yursalar, albatta Biz ularni ko`p suv ila sug`oramiz.Ва агар улар тўғри йўлдан юрсалар, албатта Биз уларни кўп сув ила суғорамиз.Alauddin Mansour: Albatta, agar ular (Toʻgʻri) yoʻlda ustivor turganlarida, albatta Biz ularni moʻl yomgʻir bilan sugʻorgan boʻlur edik (yaʼni, ularga moʻl-koʻl rizq ato etgan boʻlur edik).Албатта, агар улар (Тўғри) йўлда устивор турганларида, албатта Биз уларни мўл ёмғир билан суғорган бўлур эдик (яъни, уларга мўл-кўл ризқ ато этган бўлур эдик).
Bu yerda Qurʼoni Karim hamma anglashi zarur boʻlgan ikki haqiqatni bayon qilmoqda.
Birinchisi, yaxshi hayot, farovon turmush Alloh taologa boʻlgan iymonu eʼtiqod, taqvo va toat-ibodatning samarasi ekanligi.
Ikkinchisi, ushbu farovonchilik, toʻqchilik va serobchilik sinov va imtihon uchunligi, sinov uchun neʼmat berilishi. Bu hol doimo hushyorlikka, gunohlardan hazar qilishga undaydi. Mol-dunyo, rizqroʻzning serob boʻlishi, odatda, manmanlik va noshukrlikka olib keladi. Oqibatda esa, shiddatli azobga duchor boʻladi.