QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jinn surasi · Oyatсураси · Оят28

لِّيَعْلَمَ أَن قَدْ أَبْلَغُوا۟ رِسَـٰلَـٰتِ رَبِّهِمْ وَأَحَاطَ بِمَا لَدَيْهِمْ وَأَحْصَىٰ كُلَّ شَىْءٍ عَدَدًۢا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: (Payg`ambarlar) o`z Robbilari risolatlarini haqiqatan yetkazganliklarini va Alloh u(banda)lar huzuridagi barcha narsani ihota qilib olganligini va hamma narsaning adadini hisob qilganligini bilish uchun.(Пайғамбарлар) ўз Роббилари рисолатларини ҳақиқатан етказганликларини ва Аллоҳ у(банда)лар ҳузуридаги барча нарсани иҳота қилиб олганлигини ва ҳамма нарсанинг ададини ҳисоб қилганлигини билиш учун.Alauddin Mansour: Toki (paygʻambarlar) Parvardigorlarining elchilik vazifalarini (oʻz ummatlariga) toʻla yetkazganlarini bilish uchun (kuzatguvchi farishta yoʻllar). U zot (paygʻambarlar) huzuridagi bor narsani (yaʼni, ularning ilmu amallarini) ihota qilib olgandir va (koinotdagi) har bir narsaning sanogʻini hisob-kitob qilib qoʻygandir».Токи (пайғамбарлар) Парвардигорларининг элчилик вазифаларини (ўз умматларига) тўла етказганларини билиш учун (кузатгувчи фаришта йўллар). У зот (пайғамбарлар) ҳузуридаги бор нарсани (яъни, уларнинг илму амалларини) иҳота қилиб олгандир ва (коинотдаги) ҳар бир нарсанинг саноғини ҳисоб-китоб қилиб қўйгандир».

573-sahifa · 29-juz · 58-hizb573-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِّيَعْلَمَbilish uchunбилиш учунأَن-ki-киقَدْdarhaqiqatдарҳақиқатأَبْلَغُوا۟yetkazganliklariniетказганликлариниرِسَـٰلَـٰتِrisolalariniрисолалариниرَبِّهِمْoʻz Robbilariningўз Роббиларинингوَأَحَاطَva ixota qilib olganliginiва ихота қилиб олганлигиниبِمَاnarsaniнарсаниلَدَيْهِمْular huzuridagiулар ҳузуридагиوَأَحْصَىٰva hisobini qilganliginiва ҳисобини қилганлигиниكُلَّhammaҳаммаشَىْءٍnarsaniнарсаниعَدَدًۢاadadi bilanадади билан
TafsirТафсир

Yaʼni, avvalgi oyatda zikri kelgan, Paygʻambarlarning muhofazasi uchun qoʻyilgan farishtalar bir yoʻla Paygʻambarlar Alloh taoloning dinini odamlarga qandoq yetkazayotganlariga guvoh ham boʻlib turadilar. Alloh taolo hamma narsani Oʻz ixtiyoriga olib oʻragani, undan hech narsa chetda qolmasligi, hamma narsaning hisob-kitobini qilib turishiga ham shohiddirlar.

Jin haqidagi hadislarni jamlab oʻrganib chiqilganda, ularning vakillari Paygʻambar alayhissalomning huzurlariga olti marta kelganliklari maʼlum boʻladi.

Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda quyidagicha hikoya qilinadi: «Kechalardan birida Paygʻambarimizni yoʻqotib qoʻydik. U kishini vodiylardan, past-balandliklardan axtarib topa olmadik. Turli yomon xayollarga borib, kechasi bilan xavotir boʻlib chiqdik. Tong otganda birdan Paygʻambar alayhissalom oʻzlari paydo boʻlib qoldilar. Hiro togʻi tarafdan keldilar.

«Ey, Allohning Rasuli, sizni yoʻqotib qoʻyib, izlab topa olmadik, kechasi bilan bezovta boʻlib chiqdik», dedik. Shunda u zot:

«Jinlarning daʼvatchisi kelgan edi. Birga borib, ularga Qurʼon oʻqib berdim», dedilar.

Soʻngra bizni yetaklab borib ularning izlarini va gulxanlarining kulini koʻrsatdilar. Jinlar u zotdan ozuqa soʻrashganda, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Allohning ismi aytib soʻyilgan hayvonning suyagi qoʻlingizga tushsa, sizga goʻshtdan ham yaxshi taomdir. Hayvonlarning tezagi esa, ulovlaringizga ozuqadir», dedilar.

Soʻngra bizga:

«Shu ikki narsa bilan istinjo qilmang (hojatdan soʻng tozalanmagan), chunki ular birodarlaringizning taomidir», dedilar».

Abdulloh ibn Masʼuddan qilingan boshqa bir rivoyatda ikkinchi bir qissa hikoya qilinadi. Bir kuni Xufton namozini oʻqib boʻlgandan soʻng Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam qoʻlimdan ushlab yurib ketdilar. Bir joyga yetganimizdan soʻng meni oʻtqazib, atrofimga chiziq chizdilar-da:

«Chiziqdan chiqmay tur», dedilar.

Shu holda oʻtirgan edim, oldimdan son-sanoqsiz jinlar oʻtdi. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam tonggacha qaytib kelmadilar. Qulogʻimga turli ovozlar eshitildi, soʻng Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam keldilar. U kishidan:

«Ey, Allohning Rasuli, qayoqda edingiz?»–deb soʻradim.

«Jinlar vakil yuborgan ekan» dedilar.

«Men eshitgan ovozlar qanday ovozlar?»–dedim.

«Menga jinlar salom berganidagi va xayrlashgandagi ovozlar», dedilar».

Ha, biz yashayotgan olam asrorga toʻla, biz bilmagan maxluqot, turli kuchlar, ajoyibot toʻlib yotibdi. Ularning ichida yashab yuramiz, lekin ozginasidangina xabardormiz. Har kuni yangidan-yangi kashfiyotlar boʻlib turibdi. Baʼzi insonlarning oʻzini, boshqalarining kuchini, uchinchilarining esa, taʼsirini anglaymiz, xolos. Jinlar ham oʻsha biz uchun sir boʻlib turgan narsalarning biridir. Ular haqida Qurʼonda va hadisda kelgan xabarlarni tasdiqlashlik va undan tashqariga chiqib turli bidʼatu xurofotlarga berilmaslik bizning burchimizdir.