QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jinn surasi · Oyatсураси · Оят27

إِلَّا مَنِ ٱرْتَضَىٰ مِن رَّسُولٍ فَإِنَّهُۥ يَسْلُكُ مِنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦ رَصَدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Illo, O`zi rozi bo`lgan Payg`ambarlar. Albatta, Alloh uning oldidan ham, ortidan ham kuzatib yuruvchi qo`yib qo`yadir.Илло, Ўзи рози бўлган Пайғамбарлар. Албатта, Аллоҳ унинг олдидан ҳам, ортидан ҳам кузатиб юрувчи қўйиб қўядир.Alauddin Mansour: Faqat Oʻzi rozi boʻlgan paygʻambarnigina (Oʻzining gʻaybidan sir-asrorining ayrimlaridan ogoh etar). Bas, albatta U (Alloh Oʻzining gʻaybidan ogoh qilib qoʻygan har bir paygʻambarning) oldidan ham, ortidan ham kuzatguvchi (farishta) yoʻllar.Фақат Ўзи рози бўлган пайғамбарнигина (Ўзининг ғайбидан сир-асрорининг айримларидан огоҳ этар). Бас, албатта У (Аллоҳ Ўзининг ғайбидан огоҳ қилиб қўйган ҳар бир пайғамбарнинг) олдидан ҳам, ортидан ҳам кузатгувчи (фаришта) йўллар.

573-sahifa · 29-juz · 58-hizb573-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِلَّاmagarмагарمَنِkimniкимниٱرْتَضَىٰOʻzi rozi boʻlganЎзи рози бўлганمِن-dan-данرَّسُولٍۢPaygʻambardanПайғамбарданفَإِنَّهُۥbas, albatta Uбас, албатта Уيَسْلُكُqoʻyib qoʻyadirқўйиб қўядирمِنۢ-dan-данبَيْنِoldidanолдиданيَدَيْهِuningунингوَمِنْva -danва -данخَلْفِهِۦortidanортиданرَصَدًۭاkuzatib yuruvchiniкузатиб юрувчини
TafsirТафсир

Bu ikki oyatning umumiy maʼnosi quyidagicha: Fayb, yaʼni bandalarning ilmi yetmagan narsani faqat Alloh taoloning Oʻzigina biladi. Hamda uni hech kimga bildirmaydi ham. Ammo baʼzi gʻayb narsalarni Oʻzi xohlagan Paygʻambarlariga bildirishi mumkin. Shunda ham baʼzi gap-soʻzlar aralashib, adashib ketishining oldini olib, oʻsha Paygʻambari oldidan ham, ortidan ham muhofaza qilib yuruvchi farishtalarni qoʻyib qoʻyadi. Demak gʻayb ilmini faqat Alloh taoloning Oʻzi-yu baʼzisini Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam bilishlari mumkin. Shundoq ekan, nima uchun moʻmin-musulmonlar ichidan koʻplab kishilar turli parixon, folbin, romchi va boshqalarga eʼtiqod qoʻyib, ularga murojaat qilishib, soʻzlariga ishonishadi. Bu, bidʼat va xurofotdan boshqa narsa emas.