QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jinn surasi · Oyatсураси · Оят26

عَـٰلِمُ ٱلْغَيْبِ فَلَا يُظْهِرُ عَلَىٰ غَيْبِهِۦٓ أَحَدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U g`aybni biluvchidir va hech kimni o`z g`aybidan xabardor qilmas.У ғайбни билувчидир ва ҳеч кимни ўз ғайбидан хабардор қилмас.Alauddin Mansour: (U zot) gʻaybni bilguvchidir. Bas, Oʻz gʻaybidan biron kimsani ogoh qilmas.(У зот) ғайбни билгувчидир. Бас, Ўз ғайбидан бирон кимсани огоҳ қилмас.

573-sahifa · 29-juz · 58-hizb573-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عَـٰلِمُbiluvchidirбилувчидирٱلْغَيْبِgʻaybniғайбниفَلَاbas, emasбас, эмасيُظْهِرُxabardor qilurхабардор қилурعَلَىٰ-dan-данغَيْبِهِۦٓOʻz gʻoybidanЎз ғойбиданأَحَدًاhech kimniҳеч кимни
TafsirТафсир

Bu ikki oyatning umumiy maʼnosi quyidagicha: Fayb, yaʼni bandalarning ilmi yetmagan narsani faqat Alloh taoloning Oʻzigina biladi. Hamda uni hech kimga bildirmaydi ham. Ammo baʼzi gʻayb narsalarni Oʻzi xohlagan Paygʻambarlariga bildirishi mumkin. Shunda ham baʼzi gap-soʻzlar aralashib, adashib ketishining oldini olib, oʻsha Paygʻambari oldidan ham, ortidan ham muhofaza qilib yuruvchi farishtalarni qoʻyib qoʻyadi. Demak gʻayb ilmini faqat Alloh taoloning Oʻzi-yu baʼzisini Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam bilishlari mumkin. Shundoq ekan, nima uchun moʻmin-musulmonlar ichidan koʻplab kishilar turli parixon, folbin, romchi va boshqalarga eʼtiqod qoʻyib, ularga murojaat qilishib, soʻzlariga ishonishadi. Bu, bidʼat va xurofotdan boshqa narsa emas.