QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jinn surasi · Oyatсураси · Оят6

وَأَنَّهُۥ كَانَ رِجَالٌ مِّنَ ٱلْإِنسِ يَعُوذُونَ بِرِجَالٍ مِّنَ ٱلْجِنِّ فَزَادُوهُمْ رَهَقًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, insdan ba'zi kishilar jinlarning ba'zi kishilaridan panoh so`rardilar. Bas, bu(jin)lar u(inson)larning gunoh va xorligini ziyoda qildilar.Ва албатта, инсдан баъзи кишилар жинларнинг баъзи кишиларидан паноҳ сўрардилар. Бас, бу(жин)лар у(инсон)ларнинг гуноҳ ва хорлигини зиёда қилдилар.Alauddin Mansour: Albatta insdan boʻlgan (ayrim) kishilar jindan boʻlgan kimsalardan panoh tilashib, ularga yanada haddan oshishni — muttahamlikni ziyoda qilur edilar».Албатта инсдан бўлган (айрим) кишилар жиндан бўлган кимсалардан паноҳ тилашиб, уларга янада ҳаддан ошишни — муттаҳамликни зиёда қилур эдилар».

572-sahifa · 29-juz · 58-hizb572-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنَّهُۥva albattaва албаттаكَانَbor ediбор эдиرِجَالٌۭ(baʼzi) kishilar(баъзи) кишиларمِّنَ-dan-данٱلْإِنسِinsdanинсданيَعُوذُونَpanoh soʻrardilarпаноҳ сўрардиларبِرِجَالٍۢ(baʼzi) kishilaridan(баъзи) кишилариданمِّنَ-dan-данٱلْجِنِّjinlardanжинларданفَزَادُوهُمْbas, ularga ziyoda qildilarбас, уларга зиёда қилдиларرَهَقًۭاgunoh va xorliginiгуноҳ ва хорлигини
TafsirТафсир

Haqiqatan, Islomdan oldin kishilar oʻzlarini jinlar oldida xoru zor tutardilar. Biror odam maʼlum joyda tunamoqchi yoki turmoqchi boʻlsa, baland ovoz bilan: «Ey, bu joyning aziz jini! Men sening ibodatingdagilar yomonligidan panohingni tilayman», deb nido qilardi. Shu bilan birga, oʻsha yerdagi jinlarning boshligʻi meni oʻzining himoyasiga oladi, deb buzuq eʼtiqod qilardi.

Qurʼoni Karim jinlarning botil eʼtiqodlarini bayon qilishda davom etadi: