QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jinn surasi · Oyatсураси · Оят7

وَأَنَّهُمْ ظَنُّوا۟ كَمَا ظَنَنتُمْ أَن لَّن يَبْعَثَ ٱللَّهُ أَحَدًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, u(inson)lar xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh biror kishini o`lgandan so`ng tiriltirmas, deb gumon qilardilar.Ва албатта, у(инсон)лар худди сизлар гумон қилганингиздек, Аллоҳ бирор кишини ўлгандан сўнг тирилтирмас, деб гумон қилардилар.Alauddin Mansour: «Albatta ular (yaʼni, insonlarning kofirlari) ham xuddi sizlar gumon qilganingizdek, Alloh hargiz biron kimsani qayta tiriltirmas, deb gumon qildilar. (Yaʼni, sizlarning gumonlaringiz ham, ularning gumonlari ham notoʻgʻridir. Chunki Qurʼonda qayta tirilish va hisob-kitob boʻlishi haq ekani toʻgʻrisida aytildi va bizlar bunga iymon keltirdik).«Албатта улар (яъни, инсонларнинг кофирлари) ҳам худди сизлар гумон қилганингиздек, Аллоҳ ҳаргиз бирон кимсани қайта тирилтирмас, деб гумон қилдилар. (Яъни, сизларнинг гумонларингиз ҳам, уларнинг гумонлари ҳам нотўғридир. Чунки Қуръонда қайта тирилиш ва ҳисоб-китоб бўлиши ҳақ экани тўғрисида айтилди ва бизлар бунга иймон келтирдик).

572-sahifa · 29-juz · 58-hizb572-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنَّهُمْva albatta ularва албатта уларظَنُّوا۟gumon qilardilarгумон қилардиларكَمَاxuddiхуддиظَنَنتُمْsizlar gumon qilganingizdekсизлар гумон қилганингиздекأَنdebдебلَّنemasэмасيَبْعَثَtiriltirmasтирилтирмасٱللَّهُAllohАллоҳأَحَدًۭاbiror kishiniбирор кишини
TafsirТафсир

Bu va bundan avvalgi oyatlar kufr va johiliyatning eng katta odatlaridan ikkitasini bayon qildi. U ham boʻlsa, Allohdan oʻzgadan panoh soʻrash va oʻlgandan soʻng qayta tirilishga ishonmaslik.

Quyidagi oyatlarda Qurʼoni Karim jinlar gʻoyib ishlarni bilmasligini, folbin, munajjim, sehrgarlar jinlar yordamida gʻoyibni bilamiz, deb qiladigan daʼvolari yolgʻon va boʻxtondan iboratligini bayon qiladi va shu bilan musulmonlarni turli xurofot va vahimalardan chetlatadi.