وَأَنَّا لَمَسْنَا ٱلسَّمَآءَ فَوَجَدْنَـٰهَا مُلِئَتْ حَرَسًا شَدِيدًا وَشُهُبًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va albatta, biz osmon(ga yetish)ni talab qildik. Bas, uni kuchli qo`riqchilarga va uchqunlarga to`lgan holda ko`rdik.Ва албатта, биз осмон(га етиш)ни талаб қилдик. Бас, уни кучли қўриқчиларга ва учқунларга тўлган ҳолда кўрдик.Alauddin Mansour: Albatta bizlar (farishtalarning soʻzlarini oʻgʻrincha eshitib olish uchun) osmonga taqilgan edik, uning kuchli qoʻriqchi (farishta)lar va (oʻgʻri jinlarga otilguvchi uchar) yulduzlar bilan toʻla ekanligini koʻrdik.Албатта бизлар (фаришталарнинг сўзларини ўғринча эшитиб олиш учун) осмонга тақилган эдик, унинг кучли қўриқчи (фаришта)лар ва (ўғри жинларга отилгувчи учар) юлдузлар билан тўла эканлигини кўрдик.
Yaʼni, jinlar osmonga avvalgidek gʻayb xabarlarni oʻgʻrilikcha eshitish, kishilar taqdirini bilish uchun koʻtarilganda tamoman boshqa holatga duch kelganliklarini aytmoqdalar. Chunki, jinlar Muhammad sollallohu alayhi vasallam Paygʻambar boʻlgunlaricha osmonga chiqib oʻz hojatlarini ravo qilib qaytardilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiy kela boshlagach, osmonni kuchli farishtalar qoʻrishga oʻtdilar va jinlarni turli joylardan uchqunlar bilan quvib haydadilar. Oyatda jinlarning ana shu holatlariga ishora qilinmoqda. Ikkinchi bir jihati, bu oyat jinlar bizning yer kurramizdan tashqarida ham hayot kechirish xususiyatiga ega ekanligiga dalildir.