Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْمُزَّمِّلُ ﴿١﴾
Ey, o'ranib yotuvchi.
قُمِ ٱلَّيْلَ إِلَّا قَلِيلًا ﴿٢﴾
Kechaning ozginasidan boshqasini (ibodatda) tik turib o'tkaz.
نِّصْفَهُۥٓ أَوِ ٱنقُصْ مِنْهُ قَلِيلًا ﴿٣﴾
Yarmida yoki undan bir oz qisqarog'ida (bedor bo'l).
أَوْ زِدْ عَلَيْهِ وَرَتِّلِ ٱلْقُرْءَانَ تَرْتِيلًا ﴿٤﴾
Yoki u(yarim)ga yana qo'sh va Qur'onni tartil bilan tilovat qil.
إِنَّا سَنُلْقِى عَلَيْكَ قَوْلًا ثَقِيلًا ﴿٥﴾
Albatta, Biz ustingga og'ir so'zni tashlarmiz.
إِنَّ نَاشِئَةَ ٱلَّيْلِ هِىَ أَشَدُّ وَطْـًٔا وَأَقْوَمُ قِيلًا ﴿٦﴾
Albatta, kechki ibodat ko'proq muvofiq kelur va qiroati to'g'riroq bo'lur.
إِنَّ لَكَ فِى ٱلنَّهَارِ سَبْحًا طَوِيلًا ﴿٧﴾
Albatta, kunduzi sening uzoq ishlashing bor.
وَٱذْكُرِ ٱسْمَ رَبِّكَ وَتَبَتَّلْ إِلَيْهِ تَبْتِيلًا ﴿٨﴾
Va Robbingning ismini zikr et va Uning ibodatiga butunlay ajralib chiq.
رَّبُّ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ فَٱتَّخِذْهُ وَكِيلًا ﴿٩﴾
U mashriqu mag'ribning Robbidir. Undan o'zga ibodatga sazovor iloh yo'q. Bas, Uni o'zingga vakil qil.
وَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱهْجُرْهُمْ هَجْرًا جَمِيلًا ﴿١٠﴾
Va ularning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli chetlash-la chetlab tur.
وَذَرْنِى وَٱلْمُكَذِّبِينَ أُو۟لِى ٱلنَّعْمَةِ وَمَهِّلْهُمْ قَلِيلًا ﴿١١﴾
Ahli ne'mat bo'lgan yolg'onga chiqaruvchilarni O'zimga qo'yib qo'y va ularga ozgina muhlat ber.
إِنَّ لَدَيْنَآ أَنكَالًا وَجَحِيمًا ﴿١٢﴾
Albatta, Bizda og'ir kishanlar va jahannam bor.
وَطَعَامًا ذَا غُصَّةٍ وَعَذَابًا أَلِيمًا ﴿١٣﴾
Va (tomoqqa) tiqiladigan taom va alamli azob bor.
يَوْمَ تَرْجُفُ ٱلْأَرْضُ وَٱلْجِبَالُ وَكَانَتِ ٱلْجِبَالُ كَثِيبًا مَّهِيلًا ﴿١٤﴾
Bir kundaki, unda yeru tog'lar larzaga keladi va tog'lar oquvchi qumtepalarga aylanadi.
إِنَّآ أَرْسَلْنَآ إِلَيْكُمْ رَسُولًا شَـٰهِدًا عَلَيْكُمْ كَمَآ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ رَسُولًا ﴿١٥﴾
Albatta, Biz sizlarga, xuddi Fir'avnga Rasul yuborganimizdek, siz haqingizda guvohlik beruvchi Rasulni yubordik.
فَعَصَىٰ فِرْعَوْنُ ٱلرَّسُولَ فَأَخَذْنَـٰهُ أَخْذًا وَبِيلًا ﴿١٦﴾
Bas, Fir'avn Rasulga osiy bo'ldi va Biz uni shiddatli azob bilan tutdik.
فَكَيْفَ تَتَّقُونَ إِن كَفَرْتُمْ يَوْمًا يَجْعَلُ ٱلْوِلْدَٰنَ شِيبًا ﴿١٧﴾
Agar kofir bo'lsalaringiz, bolalarning sochini oqartirib yuboradigan kundan qanday saqlanursiz?!
ٱلسَّمَآءُ مُنفَطِرٌۢ بِهِۦ ۚ كَانَ وَعْدُهُۥ مَفْعُولًا ﴿١٨﴾
Unda osmon parchalanuvchidir, U zotning va'dasi amalga oshadir.
إِنَّ هَـٰذِهِۦ تَذْكِرَةٌ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًا ﴿١٩﴾
Albatta, bular eslatmadir, Kim xohlasa, o'z Robbi tomon yo'l oladir.
۞ إِنَّ رَبَّكَ يَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدْنَىٰ مِن ثُلُثَىِ ٱلَّيْلِ وَنِصْفَهُۥ وَثُلُثَهُۥ وَطَآئِفَةٌ مِّنَ ٱلَّذِينَ مَعَكَ ۚ وَٱللَّهُ يُقَدِّرُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ۚ عَلِمَ أَن لَّن تُحْصُوهُ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۖ فَٱقْرَءُوا۟ مَا تَيَسَّرَ مِنَ ٱلْقُرْءَانِ ۚ عَلِمَ أَن سَيَكُونُ مِنكُم مَّرْضَىٰ ۙ وَءَاخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِى ٱلْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ ۙ وَءَاخَرُونَ يُقَـٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ فَٱقْرَءُوا۟ مَا تَيَسَّرَ مِنْهُ ۚ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَقْرِضُوا۟ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا۟ لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيْرًا وَأَعْظَمَ أَجْرًا ۚ وَٱسْتَغْفِرُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌۢ ﴿٢٠﴾
Albatta, Robbing seni kechaning uchdan ikkisidan ozrog'ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo'lib o'tkazayotganingni va sen bilan birga bo'lganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni O'zi o'lchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Bas (endi), Qur'ondan muyassar bo'lganicha o'qinglar. Sizlardan kelajakda kasallar bo'lishini ham bildi. Boshqalar Yer yuzida yurib, Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yo'lida jihod qilishlarini (ham bildi). Bas, undan muyassar bo'lganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. O'zingiz uchun nima yaxshilik qilgan bo'lsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirog'ini va ulkanroq ajrni toparsizlar. Allohga istig'for aytinglar. Albatta, Alloh mag'firat qiluvchi va rahmdildir.