QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят1

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْمُدَّثِّرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, burkanib yotgan!Эй, бурканиб ётган!Alauddin Mansour: Ey (liboslariga) burkanib olgan zot,Эй (либосларига) бурканиб олган зот,

575-sahifa · 29-juz · 58-hizb575-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلْمُدَّثِّرُburkanib yotganбурканиб ётган
TafsirТафсир

Bu ilohiy nido juda ham taʼsirchan nidodir. Yotish, dam olish vaqti oʻtganligi, turish, harakat qilish, kishilarni toʻgʻri yoʻlga boshlash, bu ishda duch keladigan koʻplab qiyinchiliklarni yengish oni kelganidan xabar edi.

«Ogohlantir!» deganda gʻofillarni yaqinlashib kelayotgan xavfu xatardan voqif qilish aytilgan edi. Bu esa, bandalarga Alloh taoloning rahmatidir. Chunki, agar barcha xaloyiq yoʻldan adashib ketsa ham yoki hamma toʻgʻri yoʻldan yursa ham, Alloh taoloning mulki kamayib yoki ziyoda boʻlib qolmaydi. Lekin Alloh taoloning Oʻz bandalariga rahmati kengligidan, ularga ogohlantiruvchi Paygʻambarlar yuborib turdi.