قُمْ فَأَنذِرْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tur va ogohlantir!Тур ва огоҳлантир!Alauddin Mansour: Turing-da, (insonlarni Oxirat azobidan) ogohlantiring!Туринг-да, (инсонларни Охират азобидан) огоҳлантиринг!
Bu ilohiy nido juda ham taʼsirchan nidodir. Yotish, dam olish vaqti oʻtganligi, turish, harakat qilish, kishilarni toʻgʻri yoʻlga boshlash, bu ishda duch keladigan koʻplab qiyinchiliklarni yengish oni kelganidan xabar edi.
«Ogohlantir!» deganda gʻofillarni yaqinlashib kelayotgan xavfu xatardan voqif qilish aytilgan edi. Bu esa, bandalarga Alloh taoloning rahmatidir. Chunki, agar barcha xaloyiq yoʻldan adashib ketsa ham yoki hamma toʻgʻri yoʻldan yursa ham, Alloh taoloning mulki kamayib yoki ziyoda boʻlib qolmaydi. Lekin Alloh taoloning Oʻz bandalariga rahmati kengligidan, ularga ogohlantiruvchi Paygʻambarlar yuborib turdi.