Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят16
كَلَّآ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ لِـَٔايَـٰتِنَا عَنِيدًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Chunki, u Bizning oyatlarimizga sarkash edi.Йўқ! Чунки, у Бизнинг оятларимизга саркаш эди.Alauddin Mansour: Yoʻq, (uning tamaʼsi behudadir)! Chunki u Bizning oyatlarimizga qarshilik qilguvchidir.Йўқ, (унинг тамаъси беҳудадир)! Чунки у Бизнинг оятларимизга қаршилик қилгувчидир.
575-sahifa · 29-juz · 58-hizb575-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَلَّآ ۖyoʻqйўқإِنَّهُۥchunki, uчунки, уكَانَediэдиلِـَٔايَـٰتِنَاBizning oyatlarimizgaБизнинг оятларимизгаعَنِيدًۭاsarkashсаркаш
TafsirТафсир
U tamaʼ qilishdan qaytsin! U kofir va nobakorga endi neʼmatlarni ziyoda qilish yoʻq! «Chunki, u Bizning oyatlarimizga sarkash edi.» Haqni inkor etar, Allohning oyatlarini tan olmas va Uning Rasulini yolgʻonchiga chiqarar edi. Ana shundoq badbaxt va nobakor shaxs qandoq qilib Bizning unga ziyoda neʼmat berishimizni tamaʼ qiladi?!