سَأُرْهِقُهُۥ صَعُودًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tezda uni mashaqqatli chiqish-la horitaman.Тезда уни машаққатли чиқиш-ла ҳоритаман.Alauddin Mansour: Yaqinda Men uni bir xarsang toshga (yaʼni, oʻtib boʻlmas toʻsiqqa) duchor qilajakman!Яқинда Мен уни бир харсанг тошга (яъни, ўтиб бўлмас тўсиққа) дучор қилажакман!
Yaʼni, qiyomat kuni uni oʻta qiyin azobga duchor qilib horitib, charchatib, holdan toydiraman.
Imom Termiziy va imom al-Hokim rivoyat qilgan hadisda ushbu oyatdagi «mashaqqatli chiqish» deb tarjima qilganimiz «Soʼud» soʻzi quyidagicha sharh qilingan: «Soʼud olovdan boʻlgan togʻ boʻlib kofir unga yetmish kuz chiqadi. Soʻngra undan xuddi shundoq tushadi va bu abadiy davom etaveradi», deyilgan.
Soʻngra, Alloh taolo bu mushrikning holatini vasf qiladi.