QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят31

وَمَا جَعَلْنَآ أَصْحَـٰبَ ٱلنَّارِ إِلَّا مَلَـٰٓئِكَةً ۙ وَمَا جَعَلْنَا عِدَّتَهُمْ إِلَّا فِتْنَةً لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِيَسْتَيْقِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ وَيَزْدَادَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِيمَـٰنًا ۙ وَلَا يَرْتَابَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْمُؤْمِنُونَ ۙ وَلِيَقُولَ ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ وَٱلْكَـٰفِرُونَ مَاذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِهَـٰذَا مَثَلًا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۚ وَمَا يَعْلَمُ جُنُودَ رَبِّكَ إِلَّا هُوَ ۚ وَمَا هِىَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْبَشَرِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Do`zax sohiblarini farishtalardan qilganimiz va ularning adadi ham faqat kofirlarni sinash uchun. Kitob berilganlar ishonch hosil qilishlari uchun. Va iymonlilarning iymoni ziyoda bo`lishi uchun. Kitob berilganlar va mo`minlar shak-shubha qilmasliklari uchun va qalblarida kasali borlar (munofiqlar) va kofirlar, Alloh bu bilan nima misolni iroda qilmoqchi, deyishlari uchun. Shundoq qilib, Alloh xohlagan kimsani adashtirur va xohlagan kimsani hidoyatga solur. Robbingning askarlarini O`zidan boshqa hech kim bilmas. Va u (do`zax) bashar uchun eslatmadan o`zga hech narsa emas.Дўзах соҳибларини фаришталардан қилганимиз ва уларнинг адади ҳам фақат кофирларни синаш учун. Китоб берилганлар ишонч ҳосил қилишлари учун. Ва иймонлиларнинг иймони зиёда бўлиши учун. Китоб берилганлар ва мўминлар шак-шубҳа қилмасликлари учун ва қалбларида касали борлар (мунофиқлар) ва кофирлар, Аллоҳ бу билан нима мисолни ирода қилмоқчи, дейишлари учун. Шундоқ қилиб, Аллоҳ хоҳлаган кимсани адаштирур ва хоҳлаган кимсани ҳидоятга солур. Роббингнинг аскарларини Ўзидан бошқа ҳеч ким билмас. Ва у (дўзах) башар учун эслатмадан ўзга ҳеч нарса эмас.Alauddin Mansour: Biz faqat farishtalarni doʻzax egalari-qoʻriqchilari qildik va Biz faqat kofir boʻlgan kimsalarni sinash uchun u (farishta)larning sanogʻini (oʻn toʻqqizta) qildik. Toki kitob berilgan kimsalar (yaʼni, yahudiy va nasroniylar oʻzlarining ilohiy kitoblari boʻlmish Tavrot va Injilda ham doʻzax qoʻriqchilari boʻlgan farishtalar sanogʻi oʻn toʻqqizta ekani aytilganini koʻrib Qurʼonning Alloh tomonidan nozil qilingan Haq Kitob ekanligini) aniq bilgaylar va iymon keltirgan zotlarning iymonlari esa yanada ziyoda boʻlgay hamda kitob berilgan kimsalar ham, moʻminlar ham (doʻzax qoʻriqchilarining sanogʻi toʻgʻrisida) shak-shubha qilmagaylar. Va toki dillarida maraz (munofiqlik) boʻlgan kimsalar va kofirlar: «Buni misol qilish bilan (yaʼni, farishtalar sanogʻini oʻn toʻqqizta qilish bilan) Alloh nima demoqchi?», degaylar. Alloh Oʻzi xohlagan kimsalarni mana shunday yoʻldan ozdirib qoʻyur va Oʻzi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. Parvardigoringizning qoʻshinlarini (yaʼni, farishtalarning qancha adadda va qanday sifatda ekanliklarini) yolgʻiz Uning Oʻzigina bilur. U (yaʼni, ushbu oyatlarda taʼriflangan jahannam) faqat insonlar (pand-nasihat olishlari) uchun bir eslatmadir.Биз фақат фаришталарни дўзах эгалари-қўриқчилари қилдик ва Биз фақат кофир бўлган кимсаларни синаш учун у (фаришта)ларнинг саноғини (ўн тўққизта) қилдик. Токи китоб берилган кимсалар (яъни, яҳудий ва насронийлар ўзларининг илоҳий китоблари бўлмиш Таврот ва Инжилда ҳам дўзах қўриқчилари бўлган фаришталар саноғи ўн тўққизта экани айтилганини кўриб Қуръоннинг Аллоҳ томонидан нозил қилинган Ҳақ Китоб эканлигини) аниқ билгайлар ва иймон келтирган зотларнинг иймонлари эса янада зиёда бўлгай ҳамда китоб берилган кимсалар ҳам, мўминлар ҳам (дўзах қўриқчиларининг саноғи тўғрисида) шак-шубҳа қилмагайлар. Ва токи дилларида мараз (мунофиқлик) бўлган кимсалар ва кофирлар: «Буни мисол қилиш билан (яъни, фаришталар саноғини ўн тўққизта қилиш билан) Аллоҳ нима демоқчи?», дегайлар. Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кимсаларни мана шундай йўлдан оздириб қўюр ва Ўзи хоҳлаган кишиларни ҳидоят қилур. Парвардигорингизнинг қўшинларини (яъни, фаришталарнинг қанча ададда ва қандай сифатда эканликларини) ёлғиз Унинг Ўзигина билур. У (яъни, ушбу оятларда таърифланган жаҳаннам) фақат инсонлар (панд-насиҳат олишлари) учун бир эслатмадир.

576-sahifa · 29-juz · 58-hizb576-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасجَعَلْنَآqildikқилдикأَصْحَـٰبَsohiblariniсоҳиблариниٱلنَّارِdoʻzax(ning)дўзах(нинг)إِلَّاmagar (faqat)магар (фақат)مَلَـٰٓئِكَةًۭ ۙfarishtalar(dan)фаришталар(дан)وَمَاva emasва эмасجَعَلْنَاqildikқилдикعِدَّتَهُمْularning adadiniуларнинг ададиниإِلَّاmagar (faqat)магар (фақат)فِتْنَةًۭsinov (fitna)синов (фитна)لِّلَّذِينَkimsalar uchunкимсалар учунكَفَرُوا۟kufr keltirgan (kofirlar)куфр келтирган (кофирлар)لِيَسْتَيْقِنَishonch hosil qilishlari uchunишонч ҳосил қилишлари учунٱلَّذِينَkimsalarкимсаларأُوتُوا۟berilganберилганٱلْكِتَـٰبَkitobкитобوَيَزْدَادَva ziyoda boʻlishi uchunва зиёда бўлиши учунٱلَّذِينَkimsalarningкимсаларнингءَامَنُوٓا۟iymon keltirganиймон келтирганإِيمَـٰنًۭا ۙiymoniиймониوَلَاva emasва эмасيَرْتَابَshak-shubha qilishlariшак-шубҳа қилишлариٱلَّذِينَkimsalarкимсаларأُوتُوا۟berilganберилганٱلْكِتَـٰبَkitobкитобوَٱلْمُؤْمِنُونَ ۙva moʻminlarва мўминларوَلِيَقُولَva deyishlari uchunва дейишлари учунٱلَّذِينَkimsalarкимсаларفِى-da-даقُلُوبِهِمqalblaridaқалбларидаمَّرَضٌۭkasali borкасали борوَٱلْكَـٰفِرُونَva kofirlarва кофирларمَاذَآnimaniниманиأَرَادَiroda qilmoqchiирода қилмоқчиٱللَّهُAllohАллоҳبِهَـٰذَاbu bilanбу биланمَثَلًۭا ۚmisol qilibмисол қилибكَذَٰلِكَshundoq qilibшундоқ қилибيُضِلُّadashtiradirадаштирадирٱللَّهُAllohАллоҳمَنkimsaniкимсаниيَشَآءُxohlaganхоҳлаганوَيَهْدِىva hidoyatga soladirва ҳидоятга соладирمَنkimsaniкимсаниيَشَآءُ ۚxohlaganхоҳлаганوَمَاva emasва эмасيَعْلَمُbiladirбиладирجُنُودَaskarlariniаскарлариниرَبِّكَRobbingningРоббингнингإِلَّاmagar (Oʻzidan boshqa)магар (Ўзидан бошқа)هُوَ ۚU (Oʻzi)У (Ўзи)وَمَاva emasва эмасهِىَu (doʻzax)у (дўзах)إِلَّاfaqat (oʻzga emas)фақат (ўзга эмас)ذِكْرَىٰeslatma(dan)эслатма(дан)لِلْبَشَرِbashariyat uchunбашарият учун
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo nima uchun doʻzaxning xizmatkorlari farishtalardan boʻlgani va nima uchun ularning soni oʻn toʻqqizta ekanini bayon qilib bermoqda.

Chunki, kofirlar tomonidan bu masalada koʻtarilgan shov-shuv shuni taqozo qilgan. Shuning uchun ham, Makkiy, qisqa-qisqa oyatlar ichida birgina ushbu uzun oyat kelmoqda.

Alloh taolo bu tushuntirishni boshlab, oyatning avvalida:

«Doʻzax sohiblarini farishtalardan qilganimiz va ularning adadi ham faqat kofirlarni sinash uchun», demoqda.

Bu, birinchi hikmat. Doʻzax sohiblarining oʻn toʻqqizta farishta boʻlishi kofirlarni fitnaga soladi. Darhaqiqat, shundoq boʻldi ham. Abu Jahl: «Sizlardan yuz kishi ulardan bittasini ushlab olib, doʻzaxdan qutulib chiqishdan ojizmisiz?»–deb masxara qilib kuldi. Yana shunga oʻxshash boshqa gap-soʻzlar boʻldi. Umuman, ushbu masala kofirlarning oʻz kufrlarida chuqur ketishlari uchun fitna boʻldi.

Doʻzax sohiblarini oʻn toʻqqizta farishta qilishning ikkinchi hikmati:

«Kitob berilganlar ishonch hosil qilishlari uchun».

Yaʼni, yahudiy va nasroniylar Muhammad sollallohu alayhi vasallamning haq Paygʻambar ekanliklariga va Qurʼoni Karim haq kitob ekaniga toʻla ishonch hosil qilishlari uchun. Chunki, ayni shu gaplar ahli kitoblarga nozil qilingan ilohiy kitoblarda ham bor edi. Oʻsha gaplarning Qurʼoni Karimda ham kelishi ularning ishonchlarini orttirar edi.

Doʻzax sohiblarini oʻn toʻqqizta farishta qilishning uchinchi hikmati:

«Iymonlilarning iymoni ziyoda boʻlishi uchun».

Chunki, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning keltirgan xabarlari sodiq ekanligi Tavrot va Injil tomonidan ham tasdiqlanganini bilib moʻmin-musulmonlarning iymonlari yana ham ziyoda boʻladi.

Doʻzax sohiblarini oʻn toʻqqizta farishta qilishning toʻrtinchi hikmati:

«Kitob berilganlar va moʻminlar shak-shubha qilmasliklari uchun».

Bu, oldingi gaplarni taʼkidlash uchundir. Yaʼni, ahli kitoblar va moʻminlar doʻzax sohiblarining oʻn toʻqqizta farishta ekanligi haqidagi ishonchlariga hech qanday shubha qilmasliklari uchun.

Doʻzax sohiblarini oʻn toʻqqizta farishta qilishning beshinchi hikmati:

«Qalblarida kasali borlar (munofiqlar) va kofirlar, Alloh bu bilan nima misolni iroda qilmoqchi, deyishlari uchun».

Darhaqiqat, shundoq boʻldi ham. Munofiqlar va kofirlar xuddi shu gapni qayta-qayta aytdilar, aytmoqdalar.

Oyati karimaning soʻngida Alloh taolo:

«Shundoq qilib, Alloh xohagan kimsani adashtirur va xohlagan kimsani hidoyatga solur», deydi.

Yaʼni, Abu Jahl va uning sheriklarini adashtirganga va Muhammad sollallohu alayhi vasallam va moʻminlarni hidoyatga solganga oʻxshab.

«Robbingning askarlarini Oʻzidan boshqa hech kim bilmas.»

Ularning soni, quvvati va boshqa narsalarini faqat Allohning Oʻzi biladi, xolos.

«Va u(saqar) bashariyat uchun eslatmadan oʻzga hech narsa emas.»

Undan soʻng Alloh taolo osiylarni qoʻrqitishga oʻtadi. Va Oʻzining baʼzi maxluqlari ila qasam ichib, doʻzaxning haq ekanini taʼkidlaydi.