حَتَّىٰٓ أَتَىٰنَا ٱلْيَقِينُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Toki bizga o`lim kelgunicha», derlar.Токи бизга ўлим келгунича», дерлар.Alauddin Mansour: To bizlarga aniq (oʻlim) kelgunicha».То бизларга аниқ (ўлим) келгунича».
Insonlarning ana shunday toifalarining dunyoga kelishi barcha balolarning boshidir. Chunki, qiyomat kuniga ishonmaydigan kishi oldida hamma mezon buziladi. Zero, uning fikriy oʻlchovi buzuqdir. U, insonlarga ulugʻ neʼmat qilib berilgan hayotni «besh kunlik umr», deb chegaralaydi. Barcha narsani ushbu tor doirada oʻlchaydigan boʻlib qoladi. Shu sababli, bunday toifadagi insonlar koʻpaygan jamiyatda hamma narsa rasvo boʻladi.
Gunohkorlar doʻzaxga kirishlariga sabab boʻlgan mazkur ishlarni oʻlgunlaricha qilaverganlarini oʻzlari eʼtirof qilmoqdalar. To oʻlim kelguncha qilganini qilib yurgan boʻlsa, oʻlim kelib haqiqat yuzaga chiqsa, ul gunohkorlarning holi nima boʻladi?