QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Muddaththir surasi · Oyatсураси · Оят46

وَكُنَّا نُكَذِّبُ بِيَوْمِ ٱلدِّينِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va qiyomat kunini yolg`onga chiqarar edik.Ва қиёмат кунини ёлғонга чиқарар эдик.Alauddin Mansour: Bizlar Jazo — Qiyomat Kunini yolgʻon der edik.Бизлар Жазо — Қиёмат Кунини ёлғон дер эдик.

576-sahifa · 29-juz · 58-hizb576-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكُنَّاva biz edikва биз эдикنُكَذِّبُyolgʻonga chiqararёлғонга чиқарарبِيَوْمِkuniniкуниниٱلدِّينِjazoning (qiyomatning)жазонинг (қиёматнинг)
TafsirТафсир

Insonlarning ana shunday toifalarining dunyoga kelishi barcha balolarning boshidir. Chunki, qiyomat kuniga ishonmaydigan kishi oldida hamma mezon buziladi. Zero, uning fikriy oʻlchovi buzuqdir. U, insonlarga ulugʻ neʼmat qilib berilgan hayotni «besh kunlik umr», deb chegaralaydi. Barcha narsani ushbu tor doirada oʻlchaydigan boʻlib qoladi. Shu sababli, bunday toifadagi insonlar koʻpaygan jamiyatda hamma narsa rasvo boʻladi.

Gunohkorlar doʻzaxga kirishlariga sabab boʻlgan mazkur ishlarni oʻlgunlaricha qilaverganlarini oʻzlari eʼtirof qilmoqdalar. To oʻlim kelguncha qilganini qilib yurgan boʻlsa, oʻlim kelib haqiqat yuzaga chiqsa, ul gunohkorlarning holi nima boʻladi?