هَلْ أَتَىٰ عَلَى ٱلْإِنسَـٰنِ حِينٌ مِّنَ ٱلدَّهْرِ لَمْ يَكُن شَيْـًٔا مَّذْكُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Darhaqiqat, insonga u esga olinadigan narsa bo`lmagan bir zamon kelmadimi?Дарҳақиқат, инсонга у эсга олинадиган нарса бўлмаган бир замон келмадими?Alauddin Mansour: Aniqki, insonning ustiga zamondan u tilga olgulik bir narsa boʻlmagan vaqt-muddat ham kelgandir.Аниқки, инсоннинг устига замондан у тилга олгулик бир нарса бўлмаган вақт-муддат ҳам келгандир.
Yaʼni, yaqindagina bu inson zoti hech kimning esida yoʻq edi. Na faqat u, balki uning ota-onasi ham bu dunyoda yoʻq edi. Biz ana shunday yoʻq narsadan insonni bu dunyodagi eng oliy maxluq, yaʼni shaxs qilib yaratdik, demoqda Haq subhanahu va taolo. Birgina shu oyatning oʻziyoq har bir kishi uchun ibrat boʻlarli xitobdir. Har birimiz aqlan oʻylab koʻraylik: bundan 100 yil ilgari qayerda edik? Qanday qilib bu dunyoga kelib qoldik? Bizni yoʻqdan bor qilgan, Oʻz qudrati tufayli Oʻzining zikrini aytadigan, har lahzada «Yo Alloh», deb eslaydigan yoki tamoman Oʻz marhamatidan benasib qilib qoʻygan kim? Bu savollarga javobni har birimiz oʻzimizcha xolisona oʻylab koʻraylik. Yoʻq! Javob izlashimizga hojat yoʻq. Chunki, javobning haqiqiysini Alloh taoloning Oʻzi ikkinchi oyatda berib qoʻyibdi.