QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Insan surasi · Oyatсураси · Оят2

إِنَّا خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ مِن نُّطْفَةٍ أَمْشَاجٍ نَّبْتَلِيهِ فَجَعَلْنَـٰهُ سَمِيعًۢا بَصِيرًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz insonni aralash nutfadan yaratdik. Sinash uchun, bas, uni eshitadigan, ko`radigan qildik.Албатта, Биз инсонни аралаш нутфадан яратдик. Синаш учун, бас, уни эшитадиган, кўрадиган қилдик.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, Biz insonni (voyaga yetganidan soʻng shariat takliflari bilan) imtihon qilguvchi boʻlgan holimizda (otalik va onalik suvlaridan) aralash boʻlgan nutfadan yaratdik. Bas, uni (Bizning oyatlarimizni tinglashi va olamdagi Bizning borligimizga dalolat qilib turgan alomatlarni koʻrishi uchun) eshitguvchi, koʻrguvchi qilib qoʻydik.Дарҳақиқат, Биз инсонни (вояга етганидан сўнг шариат таклифлари билан) имтиҳон қилгувчи бўлган ҳолимизда (оталик ва оналик сувларидан) аралаш бўлган нутфадан яратдик. Бас, уни (Бизнинг оятларимизни тинглаши ва оламдаги Бизнинг борлигимизга далолат қилиб турган аломатларни кўриши учун) эшитгувчи, кўргувчи қилиб қўйдик.

578-sahifa · 29-juz · 58-hizb578-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизخَلَقْنَاyaratdikяратдикٱلْإِنسَـٰنَinsonniинсонниمِن-dan-данنُّطْفَةٍnutfadanнутфаданأَمْشَاجٍۢaralashаралашنَّبْتَلِيهِuni sinash uchunуни синаш учунفَجَعَلْنَـٰهُbas, uni qildikбас, уни қилдикسَمِيعًۢاeshitadiganэшитадиганبَصِيرًاkoʻradiganкўрадиган
TafsirТафсир

Bu oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, Alloh taolo insonni behudadanbehudaga yaratgan emas. Balki sinov uchun yaratgan. Islom shariati ahkomlariga amal qiladimi, yoʻqmi? Uning boshiga oʻz Robbisi tarafidan turli musiybatlar yetganida sabr qiladimi, yoʻqmi? Demak, bu dunyoda insonning har bir qadami nazoratda, har bir kuni sinovdir. Lekin bandasi buni tushunmaydi.

Insonni imtihon qilib, sinab koʻrish unga ato qilingan aqli va idrokiga asoslangandir. Shuning uchun ham, Alloh taolo insonga idrok qilsin, fikr yuritsin, eshitsin va anglasin deb, eshitish va koʻrish qobiliyatini berdi. Eshitish va koʻrish qobiliyatlari oʻzini anglagan har bir inson uchun ulkan neʼmatdir. Lekin faqat eshitish, koʻrish yoki idrok qilishning oʻzi kifoya emas. Shuning uchun ham, Alloh taoloning Oʻzi hidoyat va zalolat yoʻllarini aniqlab bergan. Bu biz gunohkor bandalarning hadeb zalolat botqogʻida yotavermasligimiz, balki maʼrifat, hidoyat va ilmga intilishimiz, shu yoʻl bilangina Alloh taoloning rizoligini topishimiz uchun tengi yoʻq koʻrsatmadir.