QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Insan surasi · Oyatсураси · Оят3

إِنَّا هَدَيْنَـٰهُ ٱلسَّبِيلَ إِمَّا شَاكِرًا وَإِمَّا كَفُورًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz unga yo`l ko`rsatdik. (U esa) yoki shukr qiluvchi, yoki kufr keltiruvchi bo`ldi.Албатта, Биз унга йўл кўрсатдик. (У эса) ёки шукр қилувчи, ёки куфр келтирувчи бўлди.Alauddin Mansour: Darhaqiqat, biz uni (insonni) xoh u shukr qilguvchi-musulmon boʻlsin va xoh koʻrnamak-kofir boʻlsin (toʻgʻri) yoʻlga hidoyat qildik (yaʼni, shukr qilguvchilar Biz ularni hidoyat qilgan Toʻgʻri Yoʻlni — Haq dinni mahkam tutadilar, koʻrnamak kimsalar esa oʻzlariga koʻrsatilgan Toʻgʻri Yoʻldan yuz oʻgirib ketadilar).Дарҳақиқат, биз уни (инсонни) хоҳ у шукр қилгувчи-мусулмон бўлсин ва хоҳ кўрнамак-кофир бўлсин (тўғри) йўлга ҳидоят қилдик (яъни, шукр қилгувчилар Биз уларни ҳидоят қилган Тўғри Йўлни — Ҳақ динни маҳкам тутадилар, кўрнамак кимсалар эса ўзларига кўрсатилган Тўғри Йўлдан юз ўгириб кетадилар).

578-sahifa · 29-juz · 58-hizb578-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّاalbatta, Bizалбатта, Бизهَدَيْنَـٰهُunga koʻrsatdikунга кўрсатдикٱلسَّبِيلَyoʻlniйўлниإِمَّاyokiёкиشَاكِرًۭاshukr qiluvchiшукр қилувчиوَإِمَّاva yokiва ёкиكَفُورًاkufr qiluvchiкуфр қилувчи
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taolo insonlar orasidan Paygʻambarlar yetishtirish vositasi bilan shariatlar yuborib, Oʻzining qonun-qoidalarida insonlarga yaxshilik va yomonlikni, toʻgʻri va notoʻgʻri yoʻlni, savob va gunohni–hamma-hammasini atroflicha bayon etdi. Soʻngra, insonga xohlagan koʻyda yurish uchun ixtiyor berdi. Qudrati yetsa-da, uni jilovlab qoʻymadi. Ne ajabkim, toʻgʻri yoʻlni tanlaganlar ibodat qilib, yaxshi amallar bilan Robbisining roziligini topadi. Notoʻgʻri yoʻlni ixtiyor qilganlar esa, Alloh taoloning neʼmatiga noshukrlikda boʻlib, gunoh ishlar qiladilar va Uning gʻazabiga uchraydilar.

Alloh taolo gunoh va notoʻgʻri yoʻlda yurganlar uchun oxiratda tayyorlab qoʻygan jazosini quyidagicha bayon etadi: