إِنَّا نَخَافُ مِن رَّبِّنَا يَوْمًا عَبُوسًا قَمْطَرِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, biz qo`rqinchli, shiddatli, uzun kunda o`z Robbimizdan qo`rqurmiz», derlar.Албатта, биз қўрқинчли, шиддатли, узун кунда ўз Роббимиздан қўрқурмиз», дерлар.Alauddin Mansour: Albatta bizlar Parvardigorimiz tomonidan boʻladigan, (dahshatli azobidan yuzlar) tirishib, burishib qolguvchi bir Kundan qoʻrqurmiz».Албатта бизлар Парвардигоримиз томонидан бўладиган, (даҳшатли азобидан юзлар) тиришиб, буришиб қолгувчи бир Кундан қўрқурмиз».
Demak, musulmonlar muhtojlarga taom berishlarining ikkita sababi bor.
Birinchisi, Alloh subhanahu va taoloning roziligini topish.
Ikkinchisi, xaloyiq uchun qoʻrqinchli va shiddatli boʻlgan uzoq kun, yaʼni oʻtishi qiyin boʻlgan qiyomat kunida Alloh taoloning azobiga duchor boʻlishdan qoʻrquv.
Keyingi oyatda Alloh taolo aynan ana shunga ishora qilib, abror bandalarini xotirjam boʻlishga chaqiradi va qiyomat kuni xavfining oʻrniga omonlik va xursandlik ato qilishligini aytadi.