يُدْخِلُ مَن يَشَآءُ فِى رَحْمَتِهِۦ ۚ وَٱلظَّـٰلِمِينَ أَعَدَّ لَهُمْ عَذَابًا أَلِيمًۢا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kimni xohlasa, O`z rahmatiga kiritur va zolimlar uchun alamli azoblar tayyorlab qo`ygandir.У кимни хоҳласа, Ўз раҳматига киритур ва золимлар учун аламли азоблар тайёрлаб қўйгандир.Alauddin Mansour: U Oʻzi xohlagan kishilarni (yaʼni, moʻminlarni) Oʻz rahmatiga — jannatiga kiritur. Zolimlar uchun esa alamli azobni tayyorlab qoʻygandir.У Ўзи хоҳлаган кишиларни (яъни, мўминларни) Ўз раҳматига — жаннатига киритур. Золимлар учун эса аламли азобни тайёрлаб қўйгандир.
Yaʼni, Alloh taolo Oʻz bandalaridan kimni xohlasa, Oʻz rahmati boʻlmish jannatiga kiritadi. Ular moʻmin bandalardir.
Mushriku kofirlar uchun esa, doʻzaxning alamli azoblarini tayyorlab qoʻygandir.
Aziz oʻquvchi! Dunyo ahli nima uchun toifalarga boʻlib yaratilganligini, nega Alloh taolo hammani birday musulmon yoki kofir qilib qoʻymaganligini ana endi tushungandirsiz!