QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Insan surasi · Oyatсураси · Оят30

وَمَا تَشَآءُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ كَانَ عَلِيمًا حَكِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Alloh xohlasagina, sizlar ham xohlaysizlar. Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli Zotdir.Ва Аллоҳ хоҳласагина, сизлар ҳам хоҳлайсизлар. Албатта, Аллоҳ билувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey insonlar), sizlar faqat Alloh xohlagan vaqtdagina (U zot tomonga yoʻl tutishni) xohlarsizlar (yaʼni, biron ish Allohning xohish-irodasisiz boʻlmas). Albatta Alloh bilim va hikmat egasi boʻlgan Zotdir.(Эй инсонлар), сизлар фақат Аллоҳ хоҳлаган вақтдагина (У зот томонга йўл тутишни) хоҳларсизлар (яъни, бирон иш Аллоҳнинг хоҳиш-иродасисиз бўлмас). Албатта Аллоҳ билим ва ҳикмат эгаси бўлган Зотдир.

580-sahifa · 29-juz · 58-hizb580-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасتَشَآءُونَxohlarsizхоҳларсизإِلَّآmagar (faqat)магар (фақат)أَن-ki-киيَشَآءَxohlasaхоҳласаٱللَّهُ ۚAllohАллоҳإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳكَانَerurэрурعَلِيمًاbiluvchiбилувчиحَكِيمًۭاhikmatliҳикматли
TafsirТафсир

Yaʼni, hech bir ishni Alloh taoloning taqdiri va xohishisiz iroda qila olmaymiz. Toat, ibodat ham faqat Alloh taoloning izni bilangina hosil boʻladi. Alloh taoloning xohishi hamma xohishdan ustundir. Biror kishi oʻzini oʻzi hidoyatga sola olmaydi, iymonga ham yoʻllay olmaydi, manfaat ham yetkaza olmaydi. Faqatgina Alloh taoloning xohishi boʻlsagina, mazkur ishlar ham yuzaga chiqishi mumkin.

«Albatta, Alloh biluvchi va hikmatli zotdir.»

Yaʼni, Alloh taolo Oʻz bandalarining ahvollarini toʻliq biladi. Ularning ishlarini oʻta hikmat bilan boshqaradi. Kim hidoyatga sazovor ekanini oʻta yaxshi biladi va uni hidoyatga boshlaydi. Shuningdek, gunohga berilganlarni ham yaxshi biladi va ular bilan ham Oʻzi bilib muomala qiladi.