وَٱلْمُرْسَلَـٰتِ عُرْفًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ket-ket yuborilganlar bilan qasam.Кет-кет юборилганлар билан қасам.Alauddin Mansour: Paydar-pay yuboriladigan (shamol)larga,Пайдар-пай юбориладиган (шамол)ларга,
«Mursalaat» soʻzi «yuborilganlar» maʼnosini anglatadi. Tafsirchilarimiz bundan koʻzlangan maqsad nimaligini bayon qilishda ikki xil fikr aytishgan. Birinchi guruh olimlar «Mursalaat»dan murod farishtalar, degan boʻlsa, ikkinchi guruh ulamolar, «Mursalaat»dan murod shamol, deydilar.
«Urfan» soʻzining ham ikki xil maʼnosi boʻlib, birinchisi maʼruf, yaʼni yaxshilik, demakdir.
Ikkinchi maʼnosi esa, otning yoliga qiyos qilinib, bir-biriga jips, ketma-ket, degan maʼnoni anglatadi.
Agar oyatni «urfan»ning birinchi maʼnosiga asoslanib tafsir qiladigan boʻlsak, «Yaxshilik, amru maʼruf uchun yuborilgan farishtalar bilan qasam» degani boʻladi.
«Urfan»ning ikkinchi maʼnosidan kelib chiqib tafsir qiladigan boʻlsak, «Ketma-ket yuborilgan farishtalar bilan qasam», degan maʼnoni bildiradi. Yer yuzida Alloh taoloning vahiyini yetkazish va boshqa vazifalarni bajarish uchun ketma-ket yuborilgan koʻplab farishtalarni anglatadi. Demak, ikkala maʼno ham tafsir qoidalariga xilof boʻlmay, balki bir-birini toʻldirib turadi. Shu bois, ulamolarimizning har ikki maʼno xususidagi fikrlari toʻgʻridir.