لِيَوْمِ ٱلْفَصْلِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ajratish kuniga.Ажратиш кунига.Alauddin Mansour: (Haq bilan botil) ajratiladigan Kunga (belgilangandir)!(Ҳақ билан ботил) ажратиладиган Кунга (белгилангандир)!
Qiyomat kuni bekorga «yavmul fasl», deb atalmayapti. Chunki, bu kun ajratish kunidir. Bandalar orasi, haq bilan botil ajrim qilinadigan va barcha ajralishi lozim boʻlgan narsalar ajratiladigan kundir. Bu dunyoda kishining haqqi birovda qolib ketishi mumkin. Lekin «yavmul fasl»da bandalar qayta tirilganlarida hech kimning gunohi yoki savobi boshqa bir kishiga oʻtib qolmaydi. Balki bu dunyoda bandasi nima amal qilgan boʻlsa, shunga yarasha jazo yoki mukofot oladi. Alloh taolo bandalari orasini shunday bir moʻʼjiza bilan isloh qiladiki, bunga faqat Ul Zotning Oʻzigina qodirdir.