QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mursalat surasi · Oyatсураси · Оят15

وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِّلْمُكَذِّبِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!Ўшал кунда ёлғонга чиқарувчиларга вайл бўлсин!Alauddin Mansour: U Kunda (oʻsha Kunni) yolgʻon deguvchilarga halokat boʻlgay!У Кунда (ўша Кунни) ёлғон дегувчиларга ҳалокат бўлгай!

580-sahifa · 29-juz · 58-hizb580-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيْلٌۭvayl boʻlsin!вайл бўлсин!يَوْمَئِذٍۢoʻshal kundaўшал кундаلِّلْمُكَذِّبِينَyolgʻonga chiqaruvchilargaёлғонга чиқарувчиларга
TafsirТафсир

«Vayl» bu oyatda «holiga voy boʻlsin» degan maʼnoni anglatadi.

Ushbu oyati karima «Mursalaat» surasida oʻn marta takrorlangan. Bu usul arab tilining fasohati va balogʻati nuqtai nazarida yuqori darajali usul hisoblanadi. Chunki, u bejizga oʻn marta takrorlanmagan. Alloh subhanahu va taolo Oʻzining mahbub Paygʻambari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ushbu «Mursalaat» surasini nozil qilar ekan, zora kofirlar iymonga kelsalar, degan maqsadda ulardan oldin oʻtgan qavmlar holatini eslatadi. Insonning bir tomchi harom suvdan, yaʼni nutfadan yaratilganligiga ishora qiladi. Hammani ona qornida zararsiz saqlanadigan qildik, deydi. Yerning yaratilishiga, bu magʻrur togʻlarning, ulardagi zilol buloq suvlarining rizq uchun berib qoʻyilganligiga ishora qiladi. Xullas, suraning oxirgi oyatigacha oʻz qudratini turli misollar bilan qayta-qayta bilan eslataveradi.

Zora kofir bandalarim iymonga kelsa, zora mahbubimning daʼvatlari bekor ketmasa... Bu noshukr bandalar shunda ham Alloh taoloning yagonaligini, qiyomat kunining muqarrarligini inkor qiladilar. Alloh taolo ularning naqadar tubanlikka yuz tutganligidan gʻazablanib, endi ular holiga «vayl boʻlsin», «vayl boʻlsin» deya xitob qiladi. Bu xitob surai karima oxirigacha qattiq bir ogohlantirish boʻlib yangrayveradi, yangrayveradi...

Endi, qisqacha sharh qilganimiz kelgusi oyatlar bilan mufassal tanishamiz: