QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mursalat surasi · Oyatсураси · Оят31

لَّا ظَلِيلٍ وَلَا يُغْنِى مِنَ ٱللَّهَبِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, salqin qiluvchimas va olovni ham qaytarmas.У, салқин қилувчимас ва оловни ҳам қайтармас.Alauddin Mansour: Hech qanday salqinlik bermaydigan va (doʻzax) alangasini ham toʻsmaydigan («soya»ga boringlar!)»Ҳеч қандай салқинлик бермайдиган ва (дўзах) алангасини ҳам тўсмайдиган («соя»га боринглар!)»

581-sahifa · 29-juz · 58-hizb581-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّاemasэмасظَلِيلٍۢsalqin qiluvchiсалқин қилувчиوَلَاva emasва эмасيُغْنِىqaytararқайтарарمِنَ-dan-данٱللَّهَبِolovолов
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha uch shoʻʼbasi bor soya, ostidagi kishiga salqin solmaydi, uni oftob issigʻidan toʻsmaydi. Shu bilan birga, u atrofdan yonib-alangalanib kelayotgan doʻzax oʻtining tillarini ham dafʼ qilmaydi.

Doʻzax ahliga yuborilgan azob ularni masxara qilish, ustlaridan kulish uchun «soya» deb atalmoqda. Bu, ahli jannatga berilgan haqiqiy rohatbaxsh soya muqobiliga zikr qilingan boʻlib, ahli doʻzax nadomati ustiga nadomat boʻladi. Aslida esa, ularniing ustiga jahannamga qoʻyilgan olovdan chiqqan qop-qora tutun koʻtariladi va shiddatidan uchga boʻlinib, ularga azob yetkaza boshlaydi.

Keyingi oyatlarda jahannam va uning dahshatlari vasfi davom etadi.