QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naba surasi · Oyatсураси · Оят14

وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلْمُعْصِرَٰتِ مَآءً ثَجَّاجًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va siqilgan(bulut)lardan oquvchi suvlar tushirdik.Ва сиқилган(булут)лардан оқувчи сувлар туширдик.Alauddin Mansour: Yana Biz oʻzidan yomgʻirni siqib chiqarguvchi (bulut)lardan moʻl-koʻl suv-yomgʻir yogʻdirdik.Яна Биз ўзидан ёмғирни сиқиб чиқаргувчи (булут)лардан мўл-кўл сув-ёмғир ёғдирдик.

582-sahifa · 30-juz · 59-hizb582-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَنزَلْنَاva tushirdikва туширдикمِنَ-dan-данٱلْمُعْصِرَٰتِsiqilgan bulutlarсиқилган булутларمَآءًۭsuvсувثَجَّاجًۭاoquvchi (serob)оқувчи (сероб)
TafsirТафсир

Bugʻning bulutga aylanishi va undan yomgʻir yogʻish jarayoni ham Alloh taoloning qudratini bandalarga eslatib turuvchi narsalardan biridir. Bu jarayonni ilmiy ravishda diqqat bilan oʻrganuvchilar Alloh taoloning cheksiz qudratiga tan beradilar. Bu haqiqatni, ayniqsa, yomgʻir yogʻishiga bogʻliq hayot kechiradigan oʻlkalar aholisi yana ham yaxshi tushunadi. Ushbu jarayonni–bulutlardan xoh yomgʻir, xoh qor orqali suv tushirishni Alloh taolodan boshqa kim ham qila olardi? Hech kim qila olmaydi. Xoʻsh, osmondan suv tushirib butun olamni, butun mavjudotlarni tiriltirgan Zot oʻliklarni tiriltira olmasmidi? Albatta, tiriltira oladi. Oxiratda ham bir yomgʻir yogʻadi, oʻshanda oʻliklar oʻzlari chirib ketgan boʻlsa ham, orqa umurtqa ichida joylashgan, hech narsadan taʼsirlanmaydigan «ajbuz zanab» nomli urugʻlikdan odamlar unib chiqadilar. Xoʻsh, Alloh taolo yomgʻirni nima uchun yogʻdiradi? Javob keyingi oyatlarda: