QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naba surasi · Oyatсураси · Оят13

وَجَعَلْنَا سِرَاجًا وَهَّاجًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va shu'la taratuvchi chiroq ham qildik.Ва шуъла таратувчи чироқ ҳам қилдик.Alauddin Mansour: Va doimo charaqlab turguvchi chiroqni (yaʼni, quyoshni paydo) qildik.Ва доимо чарақлаб тургувчи чироқни (яъни, қуёшни пайдо) қилдик.

582-sahifa · 30-juz · 59-hizb582-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلْنَاva qildikва қилдикسِرَاجًۭاchiroqчироқوَهَّاجًۭاshuʼla taratuvchiшуъла таратувчи
TafsirТафсир

Bu shuʼla taratuvchi chiroqdan murod Quyosh boʻlib, u doimo koʻzga koʻrinib, Alloh taoloning cheksiz qudratini eslatib turadi. Ushbu oyatda Alloh taolo Quyoshni shuʼla sochib turgan chiroqqa oʻxshatmoqda. Odatda, moy, spirt yoki gaz ila yonadigan chiroqlar oʻt ila shuʼla taratadi. Yangi ilmiy oʻrganishlar Quyosh yonib turuvchi gazlar toʻplami ekanini isbot qildi. Quyosh oʻzidagi issiqlik quvvatini oʻz ichidagi portlash va toʻqnashuvlardan olar ekan. Bu bilan ilm yana bitta qurʼoniy haqiqatni taʼkidladi.

Shunchalar ulkan hajmga, issiqlik va boshqa quvvatlarga ega Quyoshni yaratib, uni kerakli joyga oʻrnatib, oʻzidan issiqlik, yorugʻlik, shuʼla taratib turuvchi qilib qoʻygan Alloh taolo oʻliklarni qayta tiriltira olmas edimi, ularni soʻroq-savol qila olmas edimi, jazolay olmas edimi? Albatta, qila oladi bu ishlarni!