وَبَنَيْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعًا شِدَادًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tepangizga yetti mustahkam(osmon)ni bino qildik.Тепангизга етти мустаҳкам(осмон)ни бино қилдик.Alauddin Mansour: Ustlaringizda yetti (qavat) pishiq-mustahkam (osmonni) bino qildik.Устларингизда етти (қават) пишиқ-мустаҳкам (осмонни) бино қилдик.
Bu ham Alloh taoloning qudratini bizga har lahzada eslatib turadi, chunki osmonni doim koʻrib turamiz. Alloh taolodan boshqa hech qanday zot bunday cheksiz ulkan osmonlarni yarata olmasligi hammaga maʼlum.
Ana oʻsha bepoyon, mustahkam, ajoyibotlarga toʻla, millionlab yillardan beri inson hali uning nimaligini toʻla tushunib yetmagan yetti osmonni osonlik bilan yaratib qoʻygan Zot–Alloh taolo uchun oʻlgan bandalarini qayta tiriltirish, ularni soʻroq-savol qilish va jazosini berish qiyin boʻlarmidi?! Albatta, yoʻq. Alloh taolo uchun, umuman, qiyin narsaning oʻzi yoʻq.