QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naba surasi · Oyatсураси · Оят11

وَجَعَلْنَا ٱلنَّهَارَ مَعَاشًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kunduzni maosh (tirikchilik) vaqti qildik.Ва кундузни маош (тирикчилик) вақти қилдик.Alauddin Mansour: Kunduzni esa tirikchilik (uchun belgilangan vaqt) qildik.Кундузни эса тирикчилик (учун белгиланган вақт) қилдик.

582-sahifa · 30-juz · 59-hizb582-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلْنَاva qildikва қилдикٱلنَّهَارَkunduzniкундузниمَعَاشًۭاtiriklik (maosh)тириклик (маош)
TafsirТафсир

Kunduzi tirikchilik, roʻzgʻor harakati vaqti, buni ham Alloh taolodan boshqa hech zot qilolmaydi. Alloh taolo kunduzini maosh uchun qilib qoʻygan. Faqat kunduzning yorugʻligigina emas, undagi juda koʻplab xususiyatlar insonning tirikchiligi uchun kerakdir. Misol uchun, yorugʻ boʻlsa-yu, Quyoshi boʻlmasa, insonning hayoti, tirikchiligi yaxshi oʻtishi mumkinmi? Yoʻq, albatta. Kunduzdagi quyosh issiqligi, yogʻdusidan nafaqat inson, balki butun mavjudot oʻz hayoti uchun foydalanadi. Alloh taolo kunduzga xos qilib qoʻygan bunga oʻxshash narsalar koʻp. Bu narsalarni Alloh taolodan boshqa kim ham qila olar edi? Hech kim! Endi ayting-chi, shunchalik narsalarni osonlik bilan qilishga qodir boʻlgan Alloh taolo uchun oʻlganlarni qayta tiriltirish, ularni soʻroq-savol qilish va ularga jazo berish qiyin boʻlarmidi? Yoʻq! Hech ham qiyin boʻlmaydi. Bu ishni qilish Alloh taolo uchun juda ham osondir.