وَجَنَّـٰتٍ أَلْفَافًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va daraxtlari bir-biriga kirishgan bo`stonlar.Ва дарахтлари бир-бирига киришган бўстонлар.Alauddin Mansour: hamda (qalinligidan daraxtlari) bir-biriga chirmashib ketgan bogʻlarni undirib chiqarish uchun (moʻl-koʻl yomgʻir yogʻdirdik).ҳамда (қалинлигидан дарахтлари) бир-бирига чирмашиб кетган боғларни ундириб чиқариш учун (мўл-кўл ёмғир ёғдирдик).
Suv–hayot, deydi dono xalq. Albatta, oʻsha dono xalq bu gapni dinimiz taʼlimotlaridan olgandir. Suvsiz hayot boʻlmasligi, barcha jonzotlarni Alloh taolo suvdan yaratganligi boshqa oyatlarda aytilgan. Oʻzi yaratgan «suv» deb atalmish modda bilan hamma mavjudotlarga hayot baxsh etgan Qodir Alloh taolo qiyomat kuni oʻlgan bandalarini qayta tiriltira olmasmidi?! Avval ham aytilganidek, qiyomat kuni ham bir yomgʻir yogʻib, suv tushishi bilan hamma tiriladi–qoʻyadi. Bundoq qilish Alloh taolo uchun hech narsa emas.
Ushbu oyatlarda zikr qilingan narsalarni musulmon boʻlmagan olimlar ham Alloh taoloning borligiga dalil qilib keltirganlar. Ulardan biri bu haqda quyidagilarni yozgan ekan: «Yonib turuvchi quyosh, nur sochib turuvchi yulduzlar, hayot uchun zarur narsalarga boy yer va undagi hamma narsalar borliqning asli, asosi avval boshdan bir narsaga bogʻliq ekaniga ochiq-oydin dalildir. Buning maʼnosi azaldan borliqning Xoliqi borligi, U Zot keyin paydo boʻlmagan, deganidir. U Zot–har bir narsani bilib, ihota qilib turuvchi Zotdir. U Zot–oʻta quvvatli, qudratining chegarasi yoʻq Zotdir. Ushbu borliq Uning yaratgan narsasidir. Yerning hayot uchun mosligini «oʻz- oʻzidan boʻlib qolgan narsa», deb tafsir qilib boʻlmaydi»!
Ushbu sanab oʻtilgan narsalarga qodir boʻlgan Zot oʻlgan odamlarni qayta tiriltirishga qodir boʻlmasmidi?
Oʻlgandan soʻng qayta tirilishga shubha bilan qaraganlarga oʻz qudratiga dalil boʻluvchi narsalarni aytib oʻtgandan soʻng, Alloh taolo qayta tirilish kuni, qiyomat haqida soʻz yuritishni boshlaydi.