QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naba surasi · Oyatсураси · Оят34

وَكَأْسًا دِهَاقًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va to`ldirilgan qadahlar bordir.Ва тўлдирилган қадаҳлар бордир.Alauddin Mansour: Va (sharob bilan) toʻla maykosalar bordir.Ва (шароб билан) тўла майкосалар бордир.

583-sahifa · 30-juz · 59-hizb583-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَأْسًۭاva qadahlarва қадаҳларدِهَاقًۭاtoʻldirilganтўлдирилган
TafsirТафсир

Eslatib oʻtmoq lozimki, jannat neʼmatlari bu dunyonikiga hech- hech oʻxshamaydi, oʻziga xos boʻladi.

Ana shu qoidaga binoan, oʻtgan oyati karimalarda vasf qilingan jannat neʼmatlari ham oʻziga xos boʻladi.

Jannatdagi bogʻ-rogʻlar va uzumzorlarning mevalari faqatgina huzur baxsh etadi. Ular oʻzlarini xohlagan jannatiylarga oʻzlari yaqinlashib keladi. Jannatiy banda u mevalarni hech qiynalmay oladi va oʻta ajoyib, vasfiga til ojiz huzur ila tanovul qiladi. Bu jarayon gʻoyat goʻzal bir holda kechadi. Jannat mevalarida faqatgina oliy darajadagi huzurbaxshlik bor, xolos. Bu dunyoning mevalaridagi gʻoʻrlik, bemazalik, yegandan keyin yoqmay qolish yoki chiqindisini chiqarishga ehtiyoj kabi behuzur qiluvchi narsalar mutlaqo yoʻq.

Shuningdek, jannatdagi qizlar ham oʻziga xos sifatlarga ega boʻlib, bu dunyonikiga tamoman oʻxshamaydi. Ular hurlar boʻlib, bu dunyoning ayol-qizlarida bor boʻlgan koʻngilga yoqmaydigan barcha narsalar ularda yoʻq.

Jannatning sharobi va qadahlari ham vasfiga til ojiz ravishda goʻzal va huzurbaxshdir. Ularda bu dunyoning osiylari ichadigan, Alloh taolo harom qilgan sharoblarga xos narsalarning asari ham yoʻq. Ularda misli yoʻq lazzat va huzur bor.

Shuningdek: