QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naba surasi · Oyatсураси · Оят40

إِنَّآ أَنذَرْنَـٰكُمْ عَذَابًا قَرِيبًا يَوْمَ يَنظُرُ ٱلْمَرْءُ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ وَيَقُولُ ٱلْكَافِرُ يَـٰلَيْتَنِى كُنتُ تُرَٰبًۢا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Biz sizlarni yaqin kelajakdagi azobdan qo`rqitdik. U kunda, har kishi qo`li taqdim qilgan narsaga nazar soladir. Va kofir. «Koshki tuproq bo`lib ketsam», deydir.Албатта, Биз сизларни яқин келажакдаги азобдан қўрқитдик. У кунда, ҳар киши қўли тақдим қилган нарсага назар соладир. Ва кофир. «Кошки тупроқ бўлиб кетсам», дейдир.Alauddin Mansour: (Ey Makka kofirlari), darhaqiqat, Biz sizlarni yaqin(da voqeʼ boʻladigan) azobdan ogohlantirdik. U Kunda (har bir) kishi oʻzi qilib oʻtgan narsani (yaʼni, barcha yaxshi-yomon amallarini) koʻrur va kofir kimsa: «Eh, koshki edi (qaytadan) tuproqqa aylanib ketsam(-u muhaqqaq boshimga tushadigan azobdan qutulsam)», deb qolur.(Эй Макка кофирлари), дарҳақиқат, Биз сизларни яқин(да воқеъ бўладиган) азобдан огоҳлантирдик. У Кунда (ҳар бир) киши ўзи қилиб ўтган нарсани (яъни, барча яхши-ёмон амалларини) кўрур ва кофир кимса: «Эҳ, кошки эди (қайтадан) тупроққа айланиб кетсам(-у муҳаққақ бошимга тушадиган азобдан қутулсам)», деб қолур.

583-sahifa · 30-juz · 59-hizb583-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّآalbatta, Bizалбатта, Бизأَنذَرْنَـٰكُمْsizlarni qoʻrqitdikсизларни қўрқитдикعَذَابًۭاazobdanазобданقَرِيبًۭاyaqinяқинيَوْمَu kundaу кундаيَنظُرُnazar soladiназар соладиٱلْمَرْءُkishiкишиمَاnarsagaнарсагаقَدَّمَتْtaqdim qilganтақдим қилганيَدَاهُikki qoʻliикки қўлиوَيَقُولُva aytadiва айтадиٱلْكَافِرُkofirкофирيَـٰلَيْتَنِىey koshki menэй кошки менكُنتُboʻlsam edimбўлсам эдимتُرَٰبًۢاtuproqтупроқ
TafsirТафсир

Alloh taolo suraning nihoyasida aytilgan barcha gaplarga xotima yasab, ushbu nidoni qilmoqda:

«Albatta, Biz sizlarni yaqin kelajakdagi azobdan qoʻrqitdik».

Ushbu jumladagi «yaqin kelajakdagi azob»dan murod qiyomat kuni azobidir. Chunki, «Har bir keluvchi yaqindir» qoidasiga binoan, u kunning kelishi yaqindir. Oʻsha kun kelganda, bandalar boshiga turli savdolar tushadir. Jumladan:

«U kunda, har kishi qoʻli taqdim qilgan narsaga nazar soladir».

Yaʼni, har bir insonga bu dunyoda qilgan amallari oʻta aniqlik bilan koʻrsatiladi.

«Va kofir: «Koshki tuproq boʻlib ketsam», deydir.»

Hadislarda kelishicha, qiyomat kuni hammaning hisob-kitobi boʻlar ekan. Bu dunyoda zulm oʻtkazgan hayvonlardan mazlum hayvonlarga oʻch olib berilgandan soʻng, ularning barchasi tuproqqa aylantirilar ekan. Buni koʻrib doʻzaxning azobidan xoru zor boʻlib turgan doʻzaxiylar «Koshki tuproq boʻlib ketsam, hayvonlarga oʻxshab», deb orzu qilar ekanlar. Lekin bu orzu hech qachon ushalmaydi. Alloh taolo shunday holga tushishdan oʻzi asrasin, Omiyn!