Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
وَٱلنَّـٰزِعَـٰتِ غَرْقًا ﴿١﴾
Shiddat bilan (jonni) sug'urib oluvchi(farishta)lar bilan qasam.
وَٱلنَّـٰشِطَـٰتِ نَشْطًا ﴿٢﴾
Yumshoqlik bilan jon oluvchi(farishta)lar bilan qasam.
وَٱلسَّـٰبِحَـٰتِ سَبْحًا ﴿٣﴾
Suzib yuruvchi(farishta)lar bilan qasam.
فَٱلسَّـٰبِقَـٰتِ سَبْقًا ﴿٤﴾
O'zishda musobaqa qiluvchi(farishta)lar bilan qasam.
فَٱلْمُدَبِّرَٰتِ أَمْرًا ﴿٥﴾
Amrning tadbirini qiluvchi(farishta)lar bilan qasam.
يَوْمَ تَرْجُفُ ٱلرَّاجِفَةُ ﴿٦﴾
Iztirobga tushuvchi iztirobga tushgan kunda.
تَتْبَعُهَا ٱلرَّادِفَةُ ﴿٧﴾
Unga ergashuvchi ergashganda.
قُلُوبٌ يَوْمَئِذٍ وَاجِفَةٌ ﴿٨﴾
O'sha kunda qalblar xavfga to'ladir.
أَبْصَـٰرُهَا خَـٰشِعَةٌ ﴿٩﴾
Ularning ko'zlari qo'rqinchga to'ladir.
يَقُولُونَ أَءِنَّا لَمَرْدُودُونَ فِى ٱلْحَافِرَةِ ﴿١٠﴾
Ular: «Biz, albatta, ortga qaytarilamizmi?» – derlar.
أَءِذَا كُنَّا عِظَـٰمًا نَّخِرَةً ﴿١١﴾
«Chirigan suyak bo'lganimizdan keyin ham-a?»
قَالُوا۟ تِلْكَ إِذًا كَرَّةٌ خَاسِرَةٌ ﴿١٢﴾
Agar shundoq bo'lsa, bu hasratiy qaytish-ku!» – derlar.
فَإِنَّمَا هِىَ زَجْرَةٌ وَٰحِدَةٌ ﴿١٣﴾
Albatta, u(qiyomat) bir qichqiriqdan boshqa narsa emas.
فَإِذَا هُم بِٱلسَّاهِرَةِ ﴿١٤﴾
Ko'ribsizki, ular (qiyomat) maydonida turibdir.
هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ مُوسَىٰٓ ﴿١٥﴾
Senga Musoning xabari keldimi?
إِذْ نَادَىٰهُ رَبُّهُۥ بِٱلْوَادِ ٱلْمُقَدَّسِ طُوًى ﴿١٦﴾
Qachonki Robbisi unga Muqaddas Tuva vodiysida nido qildi.
ٱذْهَبْ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ ﴿١٧﴾
«Fir'avn huzuriga bor, albatta, u tug'yonga ketdi.
فَقُلْ هَل لَّكَ إِلَىٰٓ أَن تَزَكَّىٰ ﴿١٨﴾
Bas unga ayt: «Senda poklanishga (rag'bat) bormi?
وَأَهْدِيَكَ إِلَىٰ رَبِّكَ فَتَخْشَىٰ ﴿١٩﴾
Va seni Robbingga hidoyat qilsam, shoyadki (undan) qo'rqsang», degin».
فَأَرَىٰهُ ٱلْـَٔايَةَ ٱلْكُبْرَىٰ ﴿٢٠﴾
Va unga ulkan alomatni ko'rsatdi.
فَكَذَّبَ وَعَصَىٰ ﴿٢١﴾
Ul uni yolg'onga chiqardi va osiy bo'ldi.
ثُمَّ أَدْبَرَ يَسْعَىٰ ﴿٢٢﴾
So'ng ortiga o'girilib, tezlab ketdi.
فَحَشَرَ فَنَادَىٰ ﴿٢٣﴾
Keyin (odamlarni) to'pladi va nido qildi.
فَقَالَ أَنَا۠ رَبُّكُمُ ٱلْأَعْلَىٰ ﴿٢٤﴾
Va, men sizlarning eng oliy Robbingizman, dedi.
فَأَخَذَهُ ٱللَّهُ نَكَالَ ٱلْـَٔاخِرَةِ وَٱلْأُولَىٰٓ ﴿٢٥﴾
Bas, Alloh uni avvalgi va oxirgi gunohlari uchun azobga oldi.
إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِّمَن يَخْشَىٰٓ ﴿٢٦﴾
Albatta, bunda U zotdan qo'rqqanlar uchun ibrat bordir.
ءَأَنتُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَمِ ٱلسَّمَآءُ ۚ بَنَىٰهَا ﴿٢٧﴾
Sizlarni yaratish qiyinmi yoki U zot bino qilgan osmonnimi?
رَفَعَ سَمْكَهَا فَسَوَّىٰهَا ﴿٢٨﴾
Uning shiftini yuqori ko'tardi va bekami-ko'st, mustahkam qilib qo'ydi.
وَأَغْطَشَ لَيْلَهَا وَأَخْرَجَ ضُحَىٰهَا ﴿٢٩﴾
Kechasini qorong'u va kunduzini yorug' qildi.
وَٱلْأَرْضَ بَعْدَ ذَٰلِكَ دَحَىٰهَآ ﴿٣٠﴾
Va undan so'ng yerni tuxum shaklida qildi.
أَخْرَجَ مِنْهَا مَآءَهَا وَمَرْعَىٰهَا ﴿٣١﴾
Undan suvni, o't-o'lanlarni chiqardi.
وَٱلْجِبَالَ أَرْسَىٰهَا ﴿٣٢﴾
Va tog'larni sobit qildi.
مَتَـٰعًا لَّكُمْ وَلِأَنْعَـٰمِكُمْ ﴿٣٣﴾
Sizlarga va chorvalaringizga manfaat bo'lsin uchun.
فَإِذَا جَآءَتِ ٱلطَّآمَّةُ ٱلْكُبْرَىٰ ﴿٣٤﴾
Vaqtiki katta g'olib (qiyomat) kelsa.
يَوْمَ يَتَذَكَّرُ ٱلْإِنسَـٰنُ مَا سَعَىٰ ﴿٣٥﴾
U kuni inson qilgan ishlarini eslaydir.
وَبُرِّزَتِ ٱلْجَحِيمُ لِمَن يَرَىٰ ﴿٣٦﴾
Va jahannam ko'radiganlarga zohir qilinadir.
فَأَمَّا مَن طَغَىٰ ﴿٣٧﴾
Ammo kimiki tug'yonga ketgan bo'lsa.
وَءَاثَرَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا ﴿٣٨﴾
Va bu dunyo hayotini ustun qo'ygan bo'lsa.
فَإِنَّ ٱلْجَحِيمَ هِىَ ٱلْمَأْوَىٰ ﴿٣٩﴾
Bas, albatta, Jahiym (unga) o'rin bo'ladir.
وَأَمَّا مَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِۦ وَنَهَى ٱلنَّفْسَ عَنِ ٱلْهَوَىٰ ﴿٤٠﴾
Va ammo, kim Robbisining maqomidan qo'rqqan va o'z nafsini havolanib ketishidan qaytargan bo'lsa...
فَإِنَّ ٱلْجَنَّةَ هِىَ ٱلْمَأْوَىٰ ﴿٤١﴾
Bas, albatta, jannat (unga) o'rin bo'ladir.
يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلسَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَىٰهَا ﴿٤٢﴾
Sendan, qiyomat qachon bo'lur, deb so'rashadir.
فِيمَ أَنتَ مِن ذِكْرَىٰهَآ ﴿٤٣﴾
U(qiyomat)ning zikrini sen qandoq bilarding.
إِلَىٰ رَبِّكَ مُنتَهَىٰهَآ ﴿٤٤﴾
Uning intihosi Robbinggagina xos.
إِنَّمَآ أَنتَ مُنذِرُ مَن يَخْشَىٰهَا ﴿٤٥﴾
Albatta, sen u(qiyomat)dan qo'rquvchilarga ogohlantiruvchisan, xolos.
كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَهَا لَمْ يَلْبَثُوٓا۟ إِلَّا عَشِيَّةً أَوْ ضُحَىٰهَا ﴿٤٦﴾
U(qiyomat)ni ko'rgan kunlari, xuddi, bu dunyoda bir kecha yoki kunduzdan boshqa turmaganga o'xsharlar.