QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят16

وَمَن يُوَلِّهِمْ يَوْمَئِذٍ دُبُرَهُۥٓ إِلَّا مُتَحَرِّفًا لِّقِتَالٍ أَوْ مُتَحَيِّزًا إِلَىٰ فِئَةٍ فَقَدْ بَآءَ بِغَضَبٍ مِّنَ ٱللَّهِ وَمَأْوَىٰهُ جَهَنَّمُ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kimki o`sha kunda jang hunari ko`rsatib yoki boshqa guruhga qo`shilmoqchi bo`lgan holatdan tashqari, ularga orqa o`girib qochsa, bas, batahqiq, Allohdan bo`lgan g`azab ila qaytibdi. Uning joyi jahannamdir. U qanday ham yomon joy.Кимки ўша кунда жанг ҳунари кўрсатиб ёки бошқа гуруҳга қўшилмоқчи бўлган ҳолатдан ташқари, уларга орқа ўгириб қочса, бас, батаҳқиқ, Аллоҳдан бўлган ғазаб ила қайтибди. Унинг жойи жаҳаннамдир. У қандай ҳам ёмон жой.Alauddin Mansour: Kimki oʻsha (urush) kunida jang yoʻsinini oʻzgartirish yoki boshqa bir guruh (musulmonlarga) qoʻshilishdan tashqari holatda, ularga (kofirlarga) orqa oʻgirib qochsa, bas, u Alloh tarafidan gʻazab bilan ketibdi va uning joyi jahannamdir. Naqadar yomon oqibat-a!Кимки ўша (уруш) кунида жанг йўсинини ўзгартириш ёки бошқа бир гуруҳ (мусулмонларга) қўшилишдан ташқари ҳолатда, уларга (кофирларга) орқа ўгириб қочса, бас, у Аллоҳ тарафидан ғазаб билан кетибди ва унинг жойи жаҳаннамдир. Нақадар ёмон оқибат-а!

178-sahifa · 9-juz · 18-hizb178-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَنva kimва кимيُوَلِّهِمْularga oʻgirsaуларга ўгирсаيَوْمَئِذٍۢoʻsha kundaўша кундаدُبُرَهُۥٓorqasiniорқасиниإِلَّاmagar (undan tashqari)магар (ундан ташқари)مُتَحَرِّفًۭاjang hunari koʻrsatgan holdaжанг ҳунари кўрсатган ҳолдаلِّقِتَالٍurush uchunуруш учунأَوْyokiёкиمُتَحَيِّزًاqoʻshilmoqchi boʻlgan holdaқўшилмоқчи бўлган ҳолдаإِلَىٰ-ga-гаفِئَةٍۢboshqa guruhgaбошқа гуруҳгаفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқبَآءَqaytibdiқайтибдиبِغَضَبٍۢgʻazab ilaғазаб илаمِّنَ-dan-данٱللَّهِAllohdanАллоҳданوَمَأْوَىٰهُva uning joyiва унинг жойиجَهَنَّمُ ۖjahannamdirжаҳаннамдирوَبِئْسَva qanday yomonва қандай ёмонٱلْمَصِيرُborar joyборар жой
TafsirТафсир

Bu qoida musulmon jangchilar uchun qatʼiy va bajarilishi shart boʻlgan qoidadir. Dushman bilan yuzma-yuz kelganda ortga qaytish umuman mumkin emas. Faqat ikkita holat bundan mustasno:

Birinchisi, dushmanga oʻzini qochib ketayotgandek koʻrsatib, keyin uni tuzoqqa tushirib, tor-mor etish uchun hiyla qilish.

Ikkinchisi, urushga qiziqib, oldinlab ketib, sheriklaridan ajrab qolgan boʻlsa, ularga qoʻshilib olish uchun ortga qaytish.

Boshqa holatlarda orqaga qaytsa, oʻzi bilan birga Allohning gʻazabini olib qaytgan boʻladi. Albatta, uning borar joyi jahannam boʻladi.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislarida jangdan qochishni yettita eng katta gunohdan biri deb hisoblaganlar.

Imom Buxoriy va imom Muslimlar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Halokatga eltuvchi yetti gunohdan chetlaninglar»,–dedilar.

«Ey, Allohning Rasuli, ular nimalar?»–deb soʻradilar. U zot aytdilarki:

«Ular: Allohga shirk keltirish, sehrgarlik qilish, Alloh qatlini harom qilgan jonni nohaqdan oʻldirish, riboxoʻrlik, yetimning molini yeyish, urush kuni qochish va pokiza, gʻofila va moʻmina ayollarga boʻhton qilish».

Nima uchun Islomda jang payti orqaga qochish bunchalik qattiq qoralanadi? Chunki, birinchidan, ortga qarab qochgan bittagina askar butun boshli qoʻshinning magʻlubiyatiga sababchi boʻlishi mumkin. Ikkinchidan esa, ilohiy nusrat oʻz-oʻzidan kelavermaydi. Unga erishish uchun Alloh bir necha shartlar qoʻygan. Oʻsha shartlar yuzaga chiqmasa, nusrat ham kelmaydi. Avvalo, askar tortib chiqish kerak. Allohga boʻlgan iymon, eʼtiqod kuchli boʻlishi kerak. Faqat Allohga suyanish kerak. Eng muhim omillardan biri–shijoatli boʻlish kerak. Ana shu shijoatgina dunyo muhabbatini unutib, dushmanga tik borishni taʼminlaydi. Bu dunyo muhabbatini unutib, oʻlimga tik borganlarga esa, hayot beriladi va yoki shahidi aʼlolik nasib etadi. Badr urushida xuddi shunday boʻldi. Oz sonli, lekin shijoatli musulmonlar, oʻzlariga nisbatan bir necha marta koʻp boʻlgan mushriklardan gʻolib kelib, koʻplarini oʻldirdilar, koʻplarini asir oldilar. Bu ish qanday sodir boʻldi? Sababi nima? Bu savollarga kelasi oyatdan javob olamiz: