QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят19

إِن تَسْتَفْتِحُوا۟ فَقَدْ جَآءَكُمُ ٱلْفَتْحُ ۖ وَإِن تَنتَهُوا۟ فَهُوَ خَيْرٌ لَّكُمْ ۖ وَإِن تَعُودُوا۟ نَعُدْ وَلَن تُغْنِىَ عَنكُمْ فِئَتُكُمْ شَيْـًٔا وَلَوْ كَثُرَتْ وَأَنَّ ٱللَّهَ مَعَ ٱلْمُؤْمِنِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar orani ochishni so`ragan bo`lsangiz, bas, batahqiq sizga orani ochish keldi. Agar to`xtasangiz, bu o`zingiz uchun yaxshidir. Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz. Sizning guruhingiz qancha ko`p bo`lsa ham, sizga hech bir hojatingizni chiqara olmas. Albatta, Alloh mo`minlar bilan birgadir.Агар орани очишни сўраган бўлсангиз, бас, батаҳқиқ сизга орани очиш келди. Агар тўхтасангиз, бу ўзингиз учун яхшидир. Агар сиз қайтсангиз, Биз ҳам қайтамиз. Сизнинг гуруҳингиз қанча кўп бўлса ҳам, сизга ҳеч бир ҳожатингизни чиқара олмас. Албатта, Аллоҳ мўминлар билан биргадир.Alauddin Mansour: (Ey ahli Makka), agar gʻalabani istagan boʻlsangizlar, mana, sizlarning (ziyoningizga) gʻalaba keldi, Agar (paygʻambarga qarshi urushishdan) toʻxtasangizlar, bas, bu oʻzingiz uchun yaxshidir. Agar (yana urushga) qaytsangizlar, Biz ham qaytamiz va guruhingiz qancha koʻp boʻlmasin, sizlarni hech narsadan behojat qila olmaydi. Albatta, Alloh moʻminlar bilan birgadir.(Эй аҳли Макка), агар ғалабани истаган бўлсангизлар, мана, сизларнинг (зиёнингизга) ғалаба келди, Агар (пайғамбарга қарши урушишдан) тўхтасангизлар, бас, бу ўзингиз учун яхшидир. Агар (яна урушга) қайтсангизлар, Биз ҳам қайтамиз ва гуруҳингиз қанча кўп бўлмасин, сизларни ҳеч нарсадан беҳожат қила олмайди. Албатта, Аллоҳ мўминлар билан биргадир.

179-sahifa · 9-juz · 18-hizb179-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنagarагарتَسْتَفْتِحُوا۟orani ochishni soʻrasangizорани очишни сўрасангизفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқجَآءَكُمُsizga keldiсизга келдиٱلْفَتْحُ ۖorani ochishорани очишوَإِنva agarва агарتَنتَهُوا۟toʻxtasangizтўхтасангизفَهُوَbas, uбас, уخَيْرٌۭyaxshidirяхшидирلَّكُمْ ۖsizgaсизгаوَإِنva agarва агарتَعُودُوا۟qaytsangizқайтсангизنَعُدْBiz ham qaytamizБиз ҳам қайтамизوَلَنva hech emasва ҳеч эмасتُغْنِىَhojatingizni chiqararҳожатингизни чиқарарعَنكُمْsizdanсизданفِئَتُكُمْguruhingizгуруҳингизشَيْـًۭٔاhech narsaҳеч нарсаوَلَوْagarchiагарчиكَثُرَتْkoʻp boʻlsa hamкўп бўлса ҳамوَأَنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳمَعَbilan birgadirбилан биргадирٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarмўминлар
TafsirТафсир

Arab tilida «istiftoh» deganda, agar ikkita bir-biriga qarshi toifa boʻlsa, ulardan haq boʻlganini gʻolib qilib, oralarini ochiq qilishni Allohdan soʻrash tushuniladi. Mana, mushriklar ham Badr urushidan oldin «istiftoh»–orani ochiq qilishni Allohdan soʻrashgan edi. Mashhur olim va tafsirchi zotlardan Suddiyning rivoyat qilishlaricha, mushriklar Makkadan Badrga qarab yurishlaridan avval, kaʼbapoʻshlarga osilib turib: «Ey, bor Xudoyo, ikki lashkardan aʼlosiga, ikki guruhdan hurmatlisiga va ikki qabiladan yaxshisiga nusrat ber»,–deb orani ochiq qilishni soʻragan edilar.

Shuningdek, imom Ahmad ibn Hanbal Abdulloh ibn Saʼlaba roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: «Ikki taraf urushganda, Abu Jahl: «Ey, bor Xudoyo, bizdan qarindoshlik aloqalarini eng koʻp uzgan va nomaʼlum narsani olib kelgan odamni shu kunda sindirgin»,–deb istiftoh qilgan edi. Shuning uchun ham, Alloh taolo Quraysh mushriklariga xitoban:

«Agar orani ochishni soʻragan boʻlsangiz, bas, batahqiq, sizga orani ochish keldi»,–demoqda.

Badr urushida oʻzingiz soʻragan edingiz, ikki lashkarning aʼlosi musulmonlar lashkari ekanligi ayon boʻldi, ikki guruhdan hurmatlisi musulmonlar guruhi ekanligi oshkor boʻldi, ikki qabilaning yaxshisi ham musulmonlar ekani bilindi. Ulardan qarindoshlik aloqalarini uzguvchi, noʼmalum narsani olib kelguvchi ham mushrik- kofirlar ekanligi sobit boʻldi–oʻsha kuni Alloh ularni sindirdi. Demak, ora ochiq boʻldi. Haqiqat yuzaga chiqdi. Niyat qilgan narsangiz shu boʻlsa, unga erishdingiz. Bas, shunday boʻlgandan keyin:

«Agar toʻxtasangiz, bu oʻzingiz uchun yaxshidir».

Yaʼni, agar Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga va musulmonlarga qarshi urush qilishdan toʻxtasangiz, oʻzingiz uchun yaxshi boʻladi. Ammo, shuncha voqealardan keyin ham toʻxtamasangiz, yaʼni:

«Agar siz qaytsangiz, Biz ham qaytamiz».

Agar siz yana Paygʻambarga va uning sahobalariga qarshi urushga qaytadigan boʻlsangiz, Biz ham qaytamiz. Nimaga qaytishimizni oʻzingiz bilib olaverasiz, boshingizga tushib turibdi. Lekin bilib qoʻyingki, biz qaytgan paytda:

«Sizning guruhingiz qancha koʻp boʻlsa ham, sizga hech bir hojatingizni chiqara olmas».

Badrda ham koʻpligingiz foyda bermasdan, sharmandangiz chiqdi-ku. Yana shuning kabi sharmanda boʻlishingiz turgan gap.

«Albatta, Alloh moʻminlar bilan birgadir».

Shunday boʻlgandan keyin, kofirlarning koʻpligi nima qilib bera olar edi.

Endi esa, moʻminlarga ilohiy koʻrsatmalar beriladi: