QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят33

وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُعَذِّبَهُمْ وَأَنتَ فِيهِمْ ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ مُعَذِّبَهُمْ وَهُمْ يَسْتَغْفِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Modomiki, sen ularning ichida ekansan, Alloh ularni azoblamas. Modomiki, ular istig`for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchimas.Модомики, сен уларнинг ичида экансан, Аллоҳ уларни азобламас. Модомики, улар истиғфор айтар эканлар, Аллоҳ уларни азобловчимас.Alauddin Mansour: Modomiki, siz ularning oralarida ekansiz, Alloh ularni hargiz azoblamas va ular (moʻminlar) magʻfirat soʻrab turgan hollarida ham Alloh ularni azoblaguvchi emasdir!Модомики, сиз уларнинг ораларида экансиз, Аллоҳ уларни ҳаргиз азобламас ва улар (мўминлар) мағфират сўраб турган ҳолларида ҳам Аллоҳ уларни азоблагувчи эмасдир!

180-sahifa · 9-juz · 18-hizb180-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكَانَerurэрурٱللَّهُAllohАллоҳلِيُعَذِّبَهُمْularni azoblashiуларни азоблашиوَأَنتَholbuki, senҳолбуки, сенفِيهِمْ ۚularning ichidaуларнинг ичидаوَمَاva emasва эмасكَانَerurэрурٱللَّهُAllohАллоҳمُعَذِّبَهُمْularni azoblovchiуларни азобловчиوَهُمْholbuki, ularҳолбуки, уларيَسْتَغْفِرُونَistigʻfor aytmoqdalarистиғфор айтмоқдалар
TafsirТафсир

Ularga Alloh taolo halok qilib bitiruvchi azob yubormasligining ikkita sababi bor ekan. Birinchisi, Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamning borliklari. Chunki, u kishini Alloh taolo barcha odamlarga rahmat qilib yuborgan. Oralarida shunday zot turgan qavmni ommaviy azobga duchor qilishni Alloh iroda qilmagan.

Ikkinchi sababi esa, ularning istigʻfor aytishlari. Allohdan gunohlarini kechirishini soʻrashlaridir. Chunki, istigʻfor aytilsa, yaxshilikdan umid bor boʻladi.

Keyingi oyatda Alloh taolo ularni bu dunyoning oʻzida azoblashi juda ham osonligi aytib oʻtiladi: