وَإِذْ قَالُوا۟ ٱللَّهُمَّ إِن كَانَ هَـٰذَا هُوَ ٱلْحَقَّ مِنْ عِندِكَ فَأَمْطِرْ عَلَيْنَا حِجَارَةً مِّنَ ٱلسَّمَآءِ أَوِ ٱئْتِنَا بِعَذَابٍ أَلِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: «Allohim! agar mana shu sening huzuringdan kelgan haq bo`lsa, ustimizga osmondan tosh yog`dirgin yoki bizga alamli azob yuborgin», deganlarini esla.«Аллоҳим! агар мана шу сенинг ҳузурингдан келган ҳақ бўлса, устимизга осмондан тош ёғдиргин ёки бизга аламли азоб юборгин», деганларини эсла.Alauddin Mansour: Ularning: «Ey Xudo, agar mana shu (Qurʼon) Sening dargohingdan kelgan haqiqat boʻlsa, ustimizga samodan tosh yogʻdirgin yoki bizlarga alamli azob keltirgin», deganlarini eslang!Уларнинг: «Эй Худо, агар мана шу (Қуръон) Сенинг даргоҳингдан келган ҳақиқат бўлса, устимизга самодан тош ёғдиргин ёки бизларга аламли азоб келтиргин», деганларини эсланг!
Imom Buxoriy rivoyat qilishlaricha, bu gapni Abu Jahl aytgan ekan. Baʼzi rivoyatlarda undan boshqa kofirlar ham xuddi shu gapni aytganliklari taʼkidlanadi. Bunday deyish Qurʼoni Karimni inkor qilishning eng munkar koʻrinishlaridan biridir. Soʻzning sovuqligini qarang! Agar shu, yaʼni Qurʼon haq boʻlsa, ustimizdan tosh yogʻdir yoki boshqa alamli azob ber, emish. Haqqa nisbatan bunday gapni insonlik tabiatini butkul yoʻqotgan odamgina aytishi mumkin. Xoʻsh, ularning bu nooʻrin talablariga Alloh taolo qanday javob berdi?
Alloh taolo javobni paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga qilgan xitobi orqali berdi: