وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتُنَا قَالُوا۟ قَدْ سَمِعْنَا لَوْ نَشَآءُ لَقُلْنَا مِثْلَ هَـٰذَآ ۙ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّآ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Batahqiq, eshitdik, agar xohlasak, bunga o`xshashni o`zimiz ham aytamiz. Bu avvalgilarning afsonasidan o`zga narsa emas», – deydilar.Уларга оятларимиз тиловат қилинса: «Батаҳқиқ, эшитдик, агар хоҳласак, бунга ўхшашни ўзимиз ҳам айтамиз. Бу аввалгиларнинг афсонасидан ўзга нарса эмас», – дейдилар.Alauddin Mansour: Qachon ularga (kofirlarga) Bizning oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Eshitganmiz, agar xohlasak, bunga oʻxshagan gapni oʻzimiz aytgan boʻlur edik. Bu faqat avvalgilardan qolgan afsonalar, xolos», deydilar.Қачон уларга (кофирларга) Бизнинг оятларимиз тиловат қилинса: «Эшитганмиз, агар хоҳласак, бунга ўхшаган гапни ўзимиз айтган бўлур эдик. Бу фақат аввалгилардан қолган афсоналар, холос», дейдилар.
Garchi ushbu oyati karimaning maʼnosi umumiy boʻlib, hamma kofirlarga tegishli sanalsa-da, aslida uning nozil boʻlishiga Nazr ibn Horis ismli kofir sababchi edi.
Mashhur tafsir olimi Hofiz Imodiddin ibn Kasir oʻz tafsirlarida Saʼid ibn Jubayr, ibn Jurayj va boshqalardan quyidagi rivoyatni keltiradilar: «Nazr ibn Horis, unga Allohning laʼnati boʻlsin, forslarning yurtiga borib, ularning podshohi Rustam va Asfandiyor kabilarning afsonalarini oʻrgangan edi. Qaytib kelganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambar boʻlib, odamlarga Qurʼon oʻqib berayotganlarini koʻrdi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam biror majlisdan turib ketsalar, u kishining oʻrinlariga oʻtirib, forslarning hikoyasini gapirib berar edi. Soʻngra esa: «Allohga qasamki, aytinglar-chi, qaysi birimiz qissani yaxshi aytdik? Menmi yoki Muhammadmi?»–der edi. Shuning uchun ham, Alloh Badr kuni uni asir olishga imkon berdi. Shunda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻz huzurlarida uning boshini tanasidan judo etishga amr qildilar. Alhamdulillah, shunday boʻldi ham. Uni Miqdod ibn Asvad roziyallohu anhu asirga olgan edi».
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Nazrni oʻldirishga amr qilganlarida Miqdod roziyallohu anhu:
«Ey, Allohning Rasuli, bu mening asirim»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Bu, Allohning kitobi haqida ogʻziga kelganini aytib yurardi»,–dedilar. Yana oʻldirishga buyurdilar. Shunda Miqdod roziyallohu anhu yana:
«Ey, Allohning Rasuli, bu mening asirim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Ey, bor Xudoyo, Miqdodni Oʻz fazling bilan boy qilgin!»–deya marhamat etdilar. Miqdod:
«Shuni xohlagan edim», dedi.
Bas, Nazr ibn Horis haqida: «Ularga oyatlarimiz tilovat qilinsa:«Batahqiq eshitdik, agar xohlasak, bunga oʻxshashni oʻzimiz ham aytamiz. Bu avvalgilarning afsonasidan oʻzga narsa emas», deydilar» oyati nozil boʻldi.
Maʼlumki, afsona–asli yoʻq, xom xayol bilan toʻqilgan, xurofiy qissadir. Unda oʻlgan kishilarning hayoti tagi yoʻq sifatlar ila vasf qilinadi. Odatda, bunday afsonalar bekorchilik vaqtida bir-biriga aytib, vaqt oʻtkazish uchun toʻqiladi. Uning safsata, gap oʻyini ekanligi hammaga maʼlum. Bu, tinglovchilar uchun maroq, tasalli boʻlsa, soʻzlovchilar uchun soʻz oʻyini, musobaqa boʻladi.
Kofirlar Qurʼoni Karimda kelgan avvalgi ummatlarning qissalarini, goʻzal lavhalar va moʻʼjizalarini afsona deb baholaydilar. Bu holat hozir ham davom etmoqda. Hatto baʼzi bir oʻzini musulmon hisoblaydigan shaxslar ham Qurʼonga madaniy meros sifatida qaraydilar. Xudoyilarda tilovat qilish va yana shunga oʻxshash marosimlarga bogʻlab, unga amal qilishni eskilik sarqiti, qoloqlik deb biladilar.
Kofirlar Qurʼonni afsona deyish bilan kifoyalanib qolmaganlar, balki undan ham ilgari ketganlar: