وَإِذْ يَمْكُرُ بِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِيُثْبِتُوكَ أَوْ يَقْتُلُوكَ أَوْ يُخْرِجُوكَ ۚ وَيَمْكُرُونَ وَيَمْكُرُ ٱللَّهُ ۖ وَٱللَّهُ خَيْرُ ٱلْمَـٰكِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar seni ushlash, o`ldirish yoki chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini esla. Ular makr qildilar va Alloh ham «makr» qildi. Alloh «makr» qilguvchilarning ustasidir.Куфр келтирганлар сени ушлаш, ўлдириш ёки чиқариб юбориш учун макр қилганларини эсла. Улар макр қилдилар ва Аллоҳ ҳам «макр» қилди. Аллоҳ «макр» қилгувчиларнинг устасидир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), kofirlar sizni hibs qilish yo oʻldirish, yoki (Makkadan) chiqarib yuborish uchun sizga makr qilgan paytlarini eslang! Ular makr qilurlar, Alloh ham «makr» qilur. Alloh «makr» qiluvchilarning zoʻridir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), кофирлар сизни ҳибс қилиш ё ўлдириш, ёки (Маккадан) чиқариб юбориш учун сизга макр қилган пайтларини эсланг! Улар макр қилурлар, Аллоҳ ҳам «макр» қилур. Аллоҳ «макр» қилувчиларнинг зўридир.
Ulamolarimiz Allohga «makkor» sifatini berishdan qaytarganlar. Shuning uchun ham, Qurʼon yoki hadisda Alloh taologa nisbatan «makr» lafzi ishlatilsa, uni bandalarga nisbatan qoʻllanilgani kabi tushunmaslik kerak. Kofirlar oʻzlaricha makr qilishga urinadilar, ammo Alloh taolo ularning makrini yoʻqqa chiqaradi, makrlarining jazosini beradi.
Ushbu oyati karimadagi xitob Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga qaratilgandir:
«Kufr keltirganlar seni ushlash, oʻldirish yoki chiqarib yuborish uchun makr qilganlarini esla», deb yodga solinayotgan hodisa esa, Makkada boʻlib oʻtgandir.
Bu haqda imom Ahmad ibn Hanbal Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltiradilar: «Quraysh bir kecha Makkada mashvarat qildi. Kimdir ertalab uni (Muhammadni) ushlab, bogʻlab qoʻyinglar, dedi. Boshqalari esa, yoʻq, uni oʻldirish kerak, deyishdi. Baʼzilari, Makkadan chiqarib yuboringlar, dedi.
Alloh taolo Paygʻambari sollallohu alayhi vasallamga buni bildirdi. Hazrati Ali Rasulullohning toʻshaklariga kirib yotdi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa, Makkadan chiqib gʻorgacha yetib oldilar. Mushriklar Ali roziyallohu anhuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam deb oʻylab, kechasi bilan poylab chiqdilar. Ertalab yopirilib kirib, Alini koʻrganlarida, Alloh ularning makrlarini oʻzlariga qaytardi. Ular: «Ogʻayning qani?»–deb soʻradilar. Ali: «Bilmayman»,–dedi. Ular Rasulullohning izlaridan axtarib ketdilar. Toqqa yetganlarida, adashtirib yubordilar. Togʻ tepasiga chiqib, gʻor yonidan oʻtdilar. Gʻorning ogʻzida oʻrgimchak uyasini koʻrib: «Agar u bu yerga kirganida, oʻrgimchak uyasi boʻlmas edi»,–deb oʻtib ketdilar. Oʻsha joyda (Rasululloh) uch kun qoldilar».
Bundan ortiq himoya boʻladimi? Ana shunday qiyin holatlarda saqlagan Alloh taolo bundan keyin ham saqlaydi.
Oʻsha kofirlar boshqa gunohlarni ham qiladilar. Masalan: