QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят29

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تَتَّقُوا۟ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّكُمْ فُرْقَانًا وَيُكَفِّرْ عَنكُمْ سَيِّـَٔاتِكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ ذُو ٱلْفَضْلِ ٱلْعَظِيمِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon beradi, sizning gunohlaringizni yuvib, mag`firat qiladi. Alloh ulug` fazl egasidir.Эй, иймон келтирганлар, агар Аллоҳга тақво қилсангиз, сизга фурқон беради, сизнинг гуноҳларингизни ювиб, мағфират қилади. Аллоҳ улуғ фазл эгасидир.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, agar Allohdan qoʻrqsangizlar, sizlar uchun haq bilan nohaqni ajratadigan hidoyat ato qilur va yomonlik-gunohlaringizni oʻchirib, sizlarni magʻfirat qilur. Alloh ulugʻ fazlu marhamat Sohibidir.Эй мўминлар, агар Аллоҳдан қўрқсангизлар, сизлар учун ҳақ билан ноҳақни ажратадиган ҳидоят ато қилур ва ёмонлик-гуноҳларингизни ўчириб, сизларни мағфират қилур. Аллоҳ улуғ фазлу марҳамат Соҳибидир.

180-sahifa · 9-juz · 18-hizb180-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиءَامَنُوٓا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларإِنagarагарتَتَّقُوا۟taqvo qilsangizтақво қилсангизٱللَّهَAllohgaАллоҳгаيَجْعَلberadiберадиلَّكُمْsizgaсизгаفُرْقَانًۭاfurqonфурқонوَيُكَفِّرْva yuvib yuboradiва ювиб юборадиعَنكُمْsizdanсизданسَيِّـَٔاتِكُمْgunohlaringizniгуноҳларингизниوَيَغْفِرْva magʻfirat qiladiва мағфират қиладиلَكُمْ ۗsizniсизниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳذُوegasidirэгасидирٱلْفَضْلِfazlфазлٱلْعَظِيمِulugʻулуғ
TafsirТафсир

Yuqoridagi ishlarni toʻgʻri amalga oshirish uchun taqvo kerak. Balki, oʻsha taʼlimotlarga amal qilishning oʻzi taqvodir.

«Ey, iymon keltirganlar,agar Allohga taqvo qilsangiz, sizga furqon beradi».

Yaʼni taqvodor kishiga Alloh taolo haqdan botilni, yaxshidan yomonni ajratadigan, farqlaydigan hidoyat va nur berib qoʻyadi. «Furqon» degani ajratuvchi–farqlovchi deganidir. Ana oʻsha hidoyat va nur ila toʻgʻri yoʻldan yurib boriladi. Taqvodorlarning gunohlari ham yuviladi, ham magʻfirat qilinadi. Bu katta baxtdir. Ammo Alloh taolo bu bilan kifoyalanib qolmaydi. Taqvodorlarga yana boshqa mukofotlar beradi.

«Alloh ulugʻ fazl egasidir».

Kelasi oyatda Allohning musulmonlarga bergan fazlini eslatish uchun ularning oʻtmishi yodga solinadi: