وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَأَوْلَـٰدُكُمْ فِتْنَةٌ وَأَنَّ ٱللَّهَ عِندَهُۥٓ أَجْرٌ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va bilingki, mollaringiz va farzandlaringiz fitnadan o`zga narsa emas va, albatta, Allohning huzurida ulug` ajr bordir.Ва билингки, молларингиз ва фарзандларингиз фитнадан ўзга нарса эмас ва, албатта, Аллоҳнинг ҳузурида улуғ ажр бордир.Alauddin Mansour: Bilingizki, albatta mol-dunyolaringiz va bola-chaqangiz faqat bir fitna-aldovdir, xolos. Yolgʻiz Allohning huzuridagina (yaʼni, uning amru farmoniga itoat etishdagina) ulugʻ ajr-savob bordir.Билингизки, албатта мол-дунёларингиз ва бола-чақангиз фақат бир фитна-алдовдир, холос. Ёлғиз Аллоҳнинг ҳузуридагина (яъни, унинг амру фармонига итоат этишдагина) улуғ ажр-савоб бордир.
Molu dunyo va farzandlar omonatga xiyonat qilishga sabab boʻlishi uchun emas, sinov uchun beriladi. Har bir insonda molu dunyoga, farzandga muhabbat bor. Bular ham Allohning neʼmatlari. Sinash uchun berilgan neʼmatlar. Qani, banda bularga shukr qiladimi, yoʻqmi? Ularni Allohning roziligini qozonish uchun ishlatadimi yoki yoʻqmi? Kimki molu dunyo va farzandlar sinovidan muvaffaqiyatli oʻtsa, ular uchun:
«...albatta, Allohning huzurida ulugʻ ajr bor».