يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَخُونُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلرَّسُولَ وَتَخُونُوٓا۟ أَمَـٰنَـٰتِكُمْ وَأَنتُمْ تَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar, bilib turib, Allohga, Payg`ambarga va omonatlaringizga xiyonat qilmang.Эй, иймон келтирганлар, билиб туриб, Аллоҳга, Пайғамбарга ва омонатларингизга хиёнат қилманг.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Alloh va Uning paygʻambariga xiyonat qilmangiz va bilgan holingizda sizlarga ishonib berilan narsalarga (yaʼni, dinga va boshqa har qanday omonatlarga) xiyonat qilmangiz!Эй мўминлар, Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига хиёнат қилмангиз ва билган ҳолингизда сизларга ишониб берилан нарсаларга (яъни, динга ва бошқа ҳар қандай омонатларга) хиёнат қилмангиз!
Allohga xiyonat–«La ilaha ilalloh», deb iymonga kelgan shaxsning ana oʻsha «Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq» shioriga xilof qilishidir. Allohdan oʻzganing yoʻliga yurish, Alloh farz qilgan amallarni tark etish, qaytarganlaridan qaytmaslik va bosh- qa gunohlar Allohga xiyonat qilish boʻladi.
Paygʻambarga xiyonat qilish esa, «Muhammadun Rasululloh»ga xilof qilishdir. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning shariatlariga yurmaslik, sunnatlariga amal qilmaslikdir.
«...va omonatlaringizga xiyonat qilmang».
Yaʼni, kishilar orasida boʻladigan muomalalardagi omonatlarga. Muomalalar shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va boshqacha boʻlishi mumkin. Ularning hammasida ham birovga bir nima ishonib topshirilsa, omonat boʻladi. Uni oʻz oʻrniga qoʻya olmaslik xiyonat hisoblanadi. Omonatga xiyonat qilish moʻmin-musulmonlarga begona xislatdir. Xiyonatkorlik–munofiqlarning, iymonsiz va dinsiz kishilarning sifati. Imom Ahmad ibn Hanbal va Ibn Hibbon al-Bustiylar Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: «Omonati yoʻq kishining iymoni yoʻq, ahdi yoʻq kishining dini yoʻq», degan hadislarini rivoyat qilishgan.
Omonatga xiyonat roʻy bersa, koʻproq bola-chaqa va dunyo ishlarini bahona qilib koʻrsatadilar. Aslida esa: