QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят26

وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ أَنتُمْ قَلِيلٌ مُّسْتَضْعَفُونَ فِى ٱلْأَرْضِ تَخَافُونَ أَن يَتَخَطَّفَكُمُ ٱلنَّاسُ فَـَٔاوَىٰكُمْ وَأَيَّدَكُم بِنَصْرِهِۦ وَرَزَقَكُم مِّنَ ٱلطَّيِّبَـٰتِ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Siz yer yuzida oz sonli, zaifhol bo`lib, odamlar sizni tutib olishidan qo`rqib yurgan holingizni eslang. Bas, U zot sizga joy berdi, O`z nusrati ila qo`lladi va sizlarga pok narsalarni rizq qilib berdi. Shoyadki, shukr qilsangiz.Сиз ер юзида оз сонли, заифҳол бўлиб, одамлар сизни тутиб олишидан қўрқиб юрган ҳолингизни эсланг. Бас, У зот сизга жой берди, Ўз нусрати ила қўллади ва сизларга пок нарсаларни ризқ қилиб берди. Шоядки, шукр қилсангиз.Alauddin Mansour: Va sizlar Yerda (yaʼni, Makkada) ozchilik va nochor boʻlgan holingizda, odamlar (yaʼni, Makka mushriklari) talab ketishlaridan qoʻrqib turgan paytingizda sizlarga joy berib (yaʼni, Madinaga koʻchirib) Oʻz yordami bilan qoʻllab-quvvatlaganini va shukr qilishingiz uchun pokiza rizqlar bilan bahramand qilganini eslangiz!Ва сизлар Ерда (яъни, Маккада) озчилик ва ночор бўлган ҳолингизда, одамлар (яъни, Макка мушриклари) талаб кетишларидан қўрқиб турган пайтингизда сизларга жой бериб (яъни, Мадинага кўчириб) Ўз ёрдами билан қўллаб-қувватлаганини ва шукр қилишингиз учун покиза ризқлар билан баҳраманд қилганини эслангиз!

180-sahifa · 9-juz · 18-hizb180-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱذْكُرُوٓا۟va eslangва эслангإِذْoʻshandaўшандаأَنتُمْsizlarсизларقَلِيلٌۭoz sonliоз сонлиمُّسْتَضْعَفُونَzaifhol sanalganзаифҳол саналганفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuzidaер юзидаتَخَافُونَqoʻrqib turardingizқўрқиб турардингизأَن-dan-данيَتَخَطَّفَكُمُsizni tutib olishlaridanсизни тутиб олишлариданٱلنَّاسُodamlarодамларفَـَٔاوَىٰكُمْbas, U sizga joy berdiбас, У сизга жой бердиوَأَيَّدَكُمva sizni qoʻlladiва сизни қўлладиبِنَصْرِهِۦOʻz nusrati ilaЎз нусрати илаوَرَزَقَكُمva sizga rizq berdiва сизга ризқ бердиمِّنَ-dan-данٱلطَّيِّبَـٰتِpok narsalardanпок нарсаларданلَعَلَّكُمْshoyadkiшоядкиتَشْكُرُونَshukr qilsangizшукр қилсангиз
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo musulmonlarga juda qiyin paytlarda ham Oʻzi yordam berganini eslatmoqda. Ey moʻminlar,

«Siz yer yuzida oz sonli, zaifhol boʻlib, odamlar sizni tutib olishidan qoʻrqib yurgan holingizni eslang».

Islomiy daʼvatning boshlanishida musulmonlar oz sonli, zaifhol edilar. Makkada qoʻrqib, bekinib yurardilar. Mushriklar tutib olsa, azob berishadi, oʻldirishadi, deb kechalari yashirincha Qurʼon oʻqishar, yashirincha ibodat qilishar edi. Ularda hech qanday moddiy kuch-qudrat yoʻq edi. Ammo, Allohga iymonlari mustaqiym va ixloslari kuchli edi.

«Bas, U zot sizga joy berdi, Oʻz nusrati ila qoʻlladi va sizlarga pok narsalarni rizq qilib berdi».

Yaʼni, Alloh musulmonlarni Makkadan hijrat qildirib, ularga Madiynadan joy berdi. Oz sonli, kuchsiz boʻlsalar ham, Badr urushida ularni Oʻz nusrati ila qoʻlladi–gʻolib qildi. Makkada ochnahor yurar edilar, endi, ularga pok narsalarni rizq qilib berdi.

«Shoyadki, shukr qilsangiz».

Shukr qilishning eng kattasi Alloh va Rasulining chaqirigʻiga javob berishdir.