QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят25

وَٱتَّقُوا۟ فِتْنَةً لَّا تُصِيبَنَّ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنكُمْ خَآصَّةً ۖ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sizlardan faqat zulm qilganlarning o`zigagina yetmaydigan fitnadan saqlaning. Va bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.Ва сизлардан фақат зулм қилганларнинг ўзигагина етмайдиган фитнадан сақланинг. Ва билингки, албатта, Аллоҳнинг иқоби шиддатлидир.Alauddin Mansour: Hamda sizlardan faqat zolim kimsalarning oʻzigagina yetmay (balki barchaga yetadigan) balodan saqlaningiz! Va bilingizki, albatta Allohning azobi qattiqdir.Ҳамда сизлардан фақат золим кимсаларнинг ўзигагина етмай (балки барчага етадиган) балодан сақланингиз! Ва билингизки, албатта Аллоҳнинг азоби қаттиқдир.

179-sahifa · 9-juz · 18-hizb179-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱتَّقُوا۟va saqlaningва сақланингفِتْنَةًۭfitnadanфитнаданلَّاemasэмасتُصِيبَنَّyetadiganетадиганٱلَّذِينَkimlarkiкимларкиظَلَمُوا۟zulm qilganlarзулм қилганларمِنكُمْsizlardanсизларданخَآصَّةًۭ ۖfaqat oʻzigaginaфақат ўзигагинаوَٱعْلَمُوٓا۟va bilingkiва билингкиأَنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳشَدِيدُshiddatlidirшиддатлидирٱلْعِقَابِiqobiиқоби
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimadagi «fitna» soʻzi boshqa oyatlardagi kabi sinov va balo maʼnolarini anglatadi. Qaysi bir jamoada zolimlar zulm qilganda, boshqalar qarab tursa, hamma–zulm qilganlar ham, qarab turganlar ham barobar baloga giriftor boʻladilar. «Zulm» deganda bir shaxsning ikkinchi shaxsga tajovuz qilishigina anglanmaydi, balki bu soʻzning maʼno qamrovi keng boʻlib, hamma nohaqliklar va barcha gunohlarni anglatadi. Xususan, dinni tark etish, Allohning amriga yurmaslik katta zulm hisoblanadi. Qaysi bir jamiyatda ana shundoq zulmlar sodir etilsa, oʻsha jamiyatning barcha aʼzolari: zulm ishlarni qilganlariyu, ularga befarq qarab turganlari birgalikda fitnaga–ommaviy balo-ofatga giriftor boʻladilar. Shuning uchun ham, Alloh taolo Oʻziga iymon keltirgan bandalarini bundan ogohlantirib, ushbu xitobni qilmoqda:

«Va sizlardan faqat zulm qilganlarning oʻzigagina yetmaydigan fitnadan saqlaning».

Yana, ey zulm qilayotganlar va ularga jim qarab turganlar:

«...bilingki, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir».

Albatta, zulmga qarshi kurashish oson emas. Lekin musulmon odam, qiyinchiliklar oldida tushkunlikka tushmasligi kerak. Ixlos bilan harakat qilsa, Allohning Oʻzi yordam beradi.