يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱسْتَجِيبُوا۟ لِلَّهِ وَلِلرَّسُولِ إِذَا دَعَاكُمْ لِمَا يُحْيِيكُمْ ۖ وَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَحُولُ بَيْنَ ٱلْمَرْءِ وَقَلْبِهِۦ وَأَنَّهُۥٓ إِلَيْهِ تُحْشَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar, sizga hayot beradigan narsaga chaqirganlarida, Alloh va Rasuliga javob bering va bilingki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbini ajratib qo`yadi va, albatta, Uning huzurida to`planursiz.Эй, иймон келтирганлар, сизга ҳаёт берадиган нарсага чақирганларида, Аллоҳ ва Расулига жавоб беринг ва билингки, албатта, Аллоҳ киши билан унинг қалбини ажратиб қўяди ва, албатта, Унинг ҳузурида тўпланурсиз.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, Alloh va Uning paygʻambari sizlarni abadiy hayot beradigan narsaga (yaʼni, dinga) daʼvat qilar ekan, uni qabul qilinglar va bilinglarki, shubhasiz, Alloh har bir kishi bilan uning qalbi oʻrtasini egallab turur va shubhasiz, Uning huzuriga toʻplanursizlar.Эй мўминлар, Аллоҳ ва Унинг пайғамбари сизларни абадий ҳаёт берадиган нарсага (яъни, динга) даъват қилар экан, уни қабул қилинглар ва билингларки, шубҳасиз, Аллоҳ ҳар бир киши билан унинг қалби ўртасини эгаллаб турур ва шубҳасиз, Унинг ҳузурига тўпланурсизлар.
Bu oyati karimada ham moʻminlarga oʻzlariga yoqimli boʻlgan
«Ey, iymon keltirganlar» nidosi bilan murojaat etilmoqda va:
«...sizga hayot beradigan narsaga chaqirganlarida, Alloh va Rasuliga javob bering», deb amr qilinmoqda.
«Hayot beradigan narsa»–iymon va Islomdir. Qurʼoni Karim taʼbiri boʻyicha, haqiqiy hayot iymon va Islomdir. Inson bularsiz oʻlikdir. Kishi iymon va Islom bilangina toʻlaqonli hayot maʼnosiga ega boʻladi. Iymonsiz va Islomsiz hayot kechirgandan koʻra kechirmagan yaxshiroq. Shuning uchun, har bir odam tezroq oʻzini oʻnglab, oʻz vaqtida Alloh va Rasulining chaqirigʻiga javob berib, oʻzlariga hayot beradigan iymon va Islom yoʻliga yurishlari lozim. Aks holda:
«...Va bilingki, albatta, Alloh kishi bilan uning qalbini ajratib qoʻyadi».
Chunki, qalbning haqiqiy egasi Udir. Alloh inson bilan qalbining orasini ajratgandan keyin u inson oʻzini oʻnglay olmay qoladi. Inson oʻz qalbiga molik boʻla olmay qoladi. Bu haqiqat Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida ham oʻz aksini topgan.
Imom Ahmad ibn Hanbal Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam koʻpincha: «Ey, qalblarni aylantirib turguvchi Zot, qalbimni oʻz diningda sobit qilgin!»–deb duo qilar edilar. Koinotlarning sarvari, bani odamning afzali, oxir zamon Paygʻambariki shunday duo ila Alloh taologa iltijo qilsa, boshqalarning holi nechogʻlik ekanini bilib olaversa boʻlaveradi.
«...va albatta Uning huzurida toʻplanursiz».
Shuning uchun ham, Uning chaqirigʻiga, Rasulining daʼvatiga javob berishga shoshiling. Yoʻqsa, Uning huzurida toʻplanganingizda holingizga voy boʻladi.
Keyingi oyatda ham moʻminlarga qaratilgan xitob davom etadi: