وَلَوْ عَلِمَ ٱللَّهُ فِيهِمْ خَيْرًا لَّأَسْمَعَهُمْ ۖ وَلَوْ أَسْمَعَهُمْ لَتَوَلَّوا۟ وَّهُم مُّعْرِضُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Alloh ularda biror yaxshilikni bilganida, albatta eshittirar edi va agar ularga eshittirsa ham, albatta yuz o`girib, burilib ketar edilar.Агар Аллоҳ уларда бирор яхшиликни билганида, албатта эшиттирар эди ва агар уларга эшиттирса ҳам, албатта юз ўгириб, бурилиб кетар эдилар.Alauddin Mansour: Agar Alloh ularda biron yaxshilikni bilganida edi, albatta ularning quloqlarini ochib qoʻygan boʻlur edi va agar (Alloh ularning) quloqlarini ochib qoʻyganida ham ular yuz oʻgirgan hollarida ketgan boʻlur edilar.Агар Аллоҳ уларда бирон яхшиликни билганида эди, албатта уларнинг қулоқларини очиб қўйган бўлур эди ва агар (Аллоҳ уларнинг) қулоқларини очиб қўйганида ҳам улар юз ўгирган ҳолларида кетган бўлур эдилар.
Yaʼni, oʻsha eshitmaydigan boʻlib qolgan kofirlar shunchalik buzilganlarki, ulardan biror yaxshilik chiqmaydigan darajaga yetgan. Shuning uchun ham, Alloh taolo ularni eshitmaydigan, eshitganida foyda olmaydigan hollarida tek qoʻygan. Agar Alloh taolo ulardan biror yaxshilik chiqishini bilganida edi, albatta, ularni eshitganidan foyda oladigan qilib qoʻygan boʻlardi. Ammo, ularning tabiatlari buzuqligini, eshitsalar ham, yuz oʻgirib, teskari qarab ketishlarini bilgani uchun ham, Alloh bunday qilmadi.