QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят22

۞ إِنَّ شَرَّ ٱلدَّوَآبِّ عِندَ ٱللَّهِ ٱلصُّمُّ ٱلْبُكْمُ ٱلَّذِينَ لَا يَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohning huzurida hayvonning eng yomoni, albatta, karu soqov bo`lib, aql ishlatmaydiganlardir.Аллоҳнинг ҳузурида ҳайвоннинг энг ёмони, албатта, кару соқов бўлиб, ақл ишлатмайдиганлардир.Alauddin Mansour: Albatta, Allohning nazdida eng yomon hayvonlar kar va soqov boʻlib olgan aqlsiz kimsalardir.Албатта, Аллоҳнинг наздида энг ёмон ҳайвонлар кар ва соқов бўлиб олган ақлсиз кимсалардир.

179-sahifa · 9-juz · 18-hizb179-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ إِنَّalbattaалбаттаشَرَّeng yomoniэнг ёмониٱلدَّوَآبِّhayvonlarningҳайвонларнингعِندَhuzuridaҳузуридаٱللَّهِAllohningАллоҳнингٱلصُّمُّkarlarкарларٱلْبُكْمُsoqovlarсоқовларٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиلَاemasэмасيَعْقِلُونَaql ishlatadilarақл ишлатадилар
TafsirТафсир

Hayvonlarga xos xususiyat shuki, qulogʻi ovozni eshitadi-yu, anglamaydi. Ovoz chiqaradiyu, bu ovozlari maʼnosiz. Miyasi bor-u, aql yurita olmaydi. Kofir va munofiqlar ham xuddi hayvonlarga oʻxshaydilar. Ularning quloqlariga Allohning oyatlari, daʼvatchilarning daʼvati eshitiladi, ammo ular bu eshitgan narsalarini, hayvonlarga oʻxshab, anglay olmaydilar. Ogʻizlaridan chiqadigan gaplardan ham foyda yoʻqdir. Nihoyat, aqllarini ishlatib, oʻzlari uchun vaʼz, nasihat ololmaydilar.

Lekin oyatda kofir va munofiqlar

«Allohning huzuridagi hayvonning eng yomoni», deb vasf qilinmoqda. Chunki, hayvonlar eshitganlarini anglamasalar ham, chiqarayotgan tovushlari bilan maʼno anglata olmasalar ham, miyalarini ishga solib, aql yuritolmasalar ham, fitriy isteʼdodlariga koʻra, Yaratganning amr-irodasiga boʻysunadilar. Ammo, kofir va munofiqlar shuni ham qila olmaydilar. Oʻzlariga foydali narsalarni qoʻyib, zarariga yuradilar. Shuning uchun ham, ular «hayvonlarning eng yomoni» deb nomlanmoqdalar. Ha, ular shundaydirlar. Chunki, ular aqllarini ishlatmaydilar.