QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят35

وَمَا كَانَ صَلَاتُهُمْ عِندَ ٱلْبَيْتِ إِلَّا مُكَآءً وَتَصْدِيَةً ۚ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning Bayt oldidagi namozlari hushtak va qarsak chalishdan iborat edi, xolos. Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib ko`ring.Уларнинг Байт олдидаги намозлари ҳуштак ва қарсак чалишдан иборат эди, холос. Бас, куфр келтирганингиз туфайли азобни татиб кўринг.Alauddin Mansour: Ularning Baytulloh oldida qilgan «ibodat»lari faqat hushtak va chapak chalish boʻldi. Bas, (ey mushriklar, bugun — Badrda) kofir boʻlganinglar sababli azobimizni totib koʻringlar.Уларнинг Байтуллоҳ олдида қилган «ибодат»лари фақат ҳуштак ва чапак чалиш бўлди. Бас, (эй мушриклар, бугун — Бадрда) кофир бўлганинглар сабабли азобимизни тотиб кўринглар.

181-sahifa · 9-juz · 18-hizb181-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمَاva emasва эмасكَانَediэдиصَلَاتُهُمْularning namozlariуларнинг намозлариعِندَoldidagiолдидагиٱلْبَيْتِbayt (Kaʼba)байт (Каъба)إِلَّاmagarмагарمُكَآءًۭhushtakҳуштакوَتَصْدِيَةًۭ ۚva qarsak chalishва қарсак чалишفَذُوقُوا۟bas, tatib koʻringбас, татиб кўрингٱلْعَذَابَazobniазобниبِمَاtufayliтуфайлиكُنتُمْboʻlganingizбўлганингизتَكْفُرُونَkufr keltiribкуфр келтириб
TafsirТафсир

Mushriklar Baytullohning valiy–mutasaddilari boʻlsa, ibodatlari hushtak va chapak chalishdan iborat boʻlarmidi? Bu ishda na Baytullohga hurmat-ehtirom bor va na Allohga ibodat. Faqat ovoz chiqarish, toʻs-toʻpolon qilish. Shuning uchun ham, oyatning soʻngida ularga xitoban:

«Bas, kufr keltirganingiz tufayli azobni tatib koʻring», deyilmoqda.

Yaʼni, Badr urushidagi azobni tatib turing, qolganini qiyomatda olasiz.

Yuqoridagi oyatda kofirlarning jismoniy «ibodatlari» vasf qilindi, kelasi oyatda moliyaviy «ibodatlari» vasf etiladi: